Sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligi nazoratining metrologik asoslari
Reja:
1. Sportchining taktik tayyorgarlik
2. Sportchining texnik tayyorgarligi
3. Sportchining ma’naviy-irodaviy tayyorgarligi
Taktik tayyorgarlik
Sport taktikasi – bu musobaqalashish maqsadlarini qo’lga kiritish uchun eng maqsadga muvofiq, maqbul usullar bilan ko’zlangan fikr va rejani ro’yobga chiqarish uchun sport kurashi olib borish san’atidir. Sport taktikasi sport kurashi darsida muayyan harakatlarda namoyon bo’ladi.
Optimal muvaffaqiyatlar qozonishga yo’naltirilgan taktik harakatlar taktik bilimlar, mahoratlar, taktik malakalar, jismoniy sifatlar, irodaviy tayyorgarlik va boshqa tarkiblarga muvofiq ravishda tuzilishi kerak. Taktik harakatlar quyidagi fazalaridan tashkil topgan muayyan bir izchillik bilan amalga oshiriladi.
Birinchi faza – musobaqalashish vaziyatini idrok etish va tahlil qilish.
Ikkinchi faza – taktik vaziyatini fikran tasavvur etib hal qilish.
Uchinchi faza – taktik vazifani harakatlar orqali hal etish.
Musobaqalashish vaziyatini idrok etish va taxlil kilish fazasi
Bu taktik harakatning boshlanishi sifatida yetakchi bosqichdir. Mazkur faza davomida yo’l qo’yilgan xatolar bundan keyingi fazalarga ham ta’sir qilib, salbiy natijalarga sabab bo’ladi.
Idrok etish sifati quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:
− ko’rish hajmi (men qancha narsani ko’ryapman);
− ko’rish maydoni (ko’rish kengligi, ko’rish ko’lami);
− bilim va tajriba, ularni qo’llay bilish mahorati;
− fikrni bir nuqtaga to’play olish (diqqat qilish) qobiliyati;
Sportchiga ko’rsatmalar (sportchi musobaqalashish faoliyatining rejasi).
Musobaqalashish vaziyatining taxlili musobaqalashish sharoiti musobaqa hajmi va uning detallarini to’g’ri idrok qilishga bog’liq bo’ladi.
Taktik vaziyatini fikran tasavvur etib hal qilish
fazasi
Sportchi musobaqalashish fazasi vaziyatini idrok etish va baholash (taxlil qilish) dasturini belgilab oladi.
Sport musobaqari nihoyatda tez o’tishini hisobga olib (M: kurash, boks yoki sport o’yinlari) (yakkama-yakka olishuvlar), bir qarorga kelish uchun vaqtning qisqaligi bunday qarorni zudlik bilan qabul qilishni taqozo etadi. Bunday qaror ko’rinishi ko’p darajada eng yaxshi ko’rinish bo’lishi va u ro’y beradigan vazifalarni, shuningdek sportchi imkoniyatlarini hisobga olishi kerak. Bunda har kimning o’z kuchiga to’g’ri baho berish mahorati (o’zining texnik, jismoniy irodaviy tayyorgarlik darajasini bilishi) katta ahamiyatga egadir. U yoki bu muayyan vaziyat tez va optimal bir qarorga kelish uchun yaxshi negiz yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |