Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR
Beshinchi. Qurolli Kuchlarimizni isloh etishning eng muhim
yo‘nalishlaridan biri – ofitser va serjant kadrlarni tayyorlaydigan, qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan, intellektual jihatdan yuksak, analitik va strategik fikrlash qobiliyatiga, jangovar harakatlarni mohirlik bilan rejalashtirish salohiyatiga ega, qo‘l ostidagi bo‘linmalarni samarali boshqarish, ularda sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitni qaror www.ziyouz.com kutubxonasi 101 toptirishga qodir bo‘lgan professional harbiylarni shakllantirishni ta’minlaydigan uzluksiz tizimni yanada takomillashtirishdan iboratdir. Qurolli Kuchlar qo‘mondonligi harbiy ta’lim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablarini eng zamonaviy ta’lim jihozlari, jumladan, modellashtirish va simulyatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, harbiy poligon asbob-uskunalari bilan ta’minlash masalasiga bundan buyon ham asosiy e’tiborni qaratishi lozim. O‘quv jarayonini tashkil etishda harbiy sohani rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini, muayyan hudud doirasida tez va shiddatli tarzda kechadigan operatsiyalar va jangovar harakatlar olib borish bo‘yicha bugungi tajribalarni aks ettiradigan fan va ixtisosliklarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy ta’lim dasturlariga asoslanish zarur. Kursantlarni nazariy jihatdan tayyorlash ularning qo‘shinlar safidagi amaliy tayyorgarligi bilan uzviy ravishda to‘ldirilishi, kundalik jangovar xizmat faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda olib borilishi kerak. Bularning barchasi harbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va instruktorlari tarkibi oldiga alohida yuksak talablar qo‘yadi. Ular yuqori darajadagi professional bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, zamonaviy o‘quv-tarbiya ishlarining shakl va usullarini puxta egallagan holda, o‘zining pedagogik va harbiy-professional malakasini doimo oshirib, xorijiy armiyalarning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirib borishi darkor. Muxtasar aytganda, ular o‘z xizmat burchini yuqori darajada ado etish, tartib-intizomga qat’iy rioya qilish, yuksak madaniyat va axloq borasida ibrat va namuna ko‘rsatishlari lozim. Yuqorida zikr etilgan masalalarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi oldida katta vazifalar turibdi. Yaqinda uni tubdan qayta tashkil etish jarayonida oliy qo‘mondonlik tarkibidagi ofitserlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, mudofaa qurilishi sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqot va ishlanmalarni muvofiqlashtirish, mamlakatimizda harbiy ta’limni rivojlantirish mas’uliyati aynan shu akademiyaga yuklangani ham buning yaqqol dalilidir. Harbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda yetakchi xorijiy davlatlar, jumladan, NATOga a’zo mamlakatlarning ofitser va serjantlar tayyorlash tajribasidan kengroq foydalanish zarur. Oltinchi. Mudofaa qurilishi sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyati shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling