Shuni alohida ta’kidlash kerakki, armiyaning qudrati faqatgina
uning jangovar tayyorgarligi, harakatchanligi, eng yangi qurol-
yarog‘lar bilan ta’minlangani bilan emas, balki Qurolli Kuchlarimiz
saflari professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxsiy tarkib bilan
qay darajada to‘ldirilgani, ofitser, serjant va askarlarning ma’naviy,
axloqiy-ruhiy fazilatlari, ularning faol hayotiy pozitsiyasi va qat’iy
e’tiqodi, ona Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissining naqadar
yuksak ekani bilan belgilanadi.
Bu maqsadlarga erishish uchun eng zamonaviy pedagogik, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan, yetakchi jamoat
tashkilotlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat va san’at
namoyandalarining kuch va imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim.
Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, harbiy
xizmatchilar va ularning oila a’zolari ehtiyojlariga javob beradigan
zamonaviy harbiy shaharchalar barpo etish, harbiy okruglar miqyosida
integratsiyalashgan qo‘shinlarorti ta’minotini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy, uy-
joy, maishiy, tibbiy ta’minot tizimlarini yaratish yuzasidan qabul qilingan
davlat dasturlarini amalga oshirish vazifalari doimiy e’tiborimiz markazida
bo‘lishi kerak.
Bu vazifalarning o‘ta muhim ahamiyati shundaki, avvalambor
bugungi sharoitda faqat puxta tayyorgarlikka ega bo‘lgan, har
tomonlama yaxshi ta’minlangan va ijtimoiy himoyalangan Qurolli
Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning, sarhadlarimiz daxlsizligi
va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, pirovard natijada el-
yurtimizning tinchligi va osoyishtaligining, osuda hayotimizning
mustahkam va ishonchli kafolati bo‘la oladi.
Aziz vatandoshlar!
Mana shu qutlug‘ ayyomda sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari tashkil etilganining 19 yilligi bilan yana bir bor tabriklar
ekanman, barcha harbiy xizmatchilarga – askar va serjantlar, ofitser va
generallarga – bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz saflarida mas’uliyatli
xizmat vazifasini o‘tayotgan yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlariga,
Vatanimizni himoya qilishdek olijanob burchini munosib ado etayotgan
barcha insonlarga samimiy minnatdorlik so‘zlarini izhor etishdan
baxtiyorman.
Barchangizga yangi 2011 yilda mustahkam sog‘lik, baxt va omad
tilayman!
www.ziyouz.com
kutubxonasi
103
Do'stlaringiz bilan baham: |