Sovet davri o’zbek adabiyotida ayol obrazi
Download 19.62 Kb.
|
saida zunnunova
SOVET DAVRI O’ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI San’atning har qanday turi inson hayoti yoki uning kechinmalarining birgina ko’rinishini aks ettirib bera oladi. Faqatgina adabiyotning qudrati butun olamni, uni qamrab olgan turfa xil hissiyotlarni to’laqonligicha ta’sirchan tasvirlash imkoniyatiga ega. Bir so’z bilan aytganda, bu xususiyat qurib qolgan bir novdadan bog’ barpo etish demakdir. Markaziy Osiyoda Sovet tuzumining o’rnatilishi o’tgan asrimizning ilk choragiga to’g’ri kelsada, bu zarb keyingi bir necha o’n yillar davomida o’zbek adabiyotiga, aniqrog’I ayollar ijodining susayishiga va tobora yo’q bo’lib borishiga olib keldi. O’tgan asrning 50 yillarida Saida Zunnunova o’zbek adabiyotiga shahdam qadamlar bilan odimlab kirib keldi. Ushbu davrda yonma-yon qalam tebratgan yozuvchilardan farqli o’laroq, Saida Zunnunova o’zbek adabiyotshunosligiga ayollar adabiyotini kiritdi. Ya’ni ayollar adabiyoti deganda ayol persanajining siyosiy holatidan farqli ularoq, uning ijtimoiy obrazini keng talqin etish, ichki kechinmalari,ruhiy holatini tadqiq etgan holda alohida shaxs sifatida xohish va istaklarini nasr va nazmda idrok etgan holda badiiy ifodalashdir. Murakkab bir davrda sharq qizlarining go’zalligi, ularning mehr va muhabbatga to’la qalbini, sadoqat va vafo timsoli bo’lgan ayolning jamiyat va oiladagi mashaqqatli turmush tarzini o’zining nasriy asarlarida ulkan matonat bilan tarannum eta oldi. Bunga qadar deyarli barcha asarlarda ayol ikkinchi darajali obraz sifatida tasvirlangan, boshqa qahramonlarning soyasida uning haqiqiy aksi qolib ketgan. Yozuvchilar asosan mushfiq ona, sevgidan kuygan qiz, baxtsiz juvon kabi ko’rinishlarda ayollarni ifodalashga o’rganib qolishgan. O’zining ilk ijodini she’riy tarzda boshlagan adiba, ayollar obrazini yanada chuqurroq ifodalash maqsadida oila, muhabbat mavzularida o’nlab qissa va hikoyalar yozdi. Uning ijodining asosini urush va undan keyingi xotiralar bilan hayot kechirayotgan ayollar qismati tashkil etadi. Saida Zunnunova yozgan ‘’Gulxan’’ (1958), ‘’Olov’’(1962) ‘’Bo’ylaringdan o’rgilay’’(1972), ‘’Direktor’’ asarlarining qahramonlari ham ayollar bo’lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o’ziga xos jonli tarzda tasvirlangan. Sun’iylikdan qochish adiba ijodida ayol obrazini real tasvirlashiga ko’mak beradi. Ijodkorning asarlarida bosh mavzu Yolg’izlik bo’lib hayotga intilish, ortga chekinmaslik, asriy an’analarga, oilaga hurmatni saqlab qolish xususiyatlari bilan birgalikda gavdalantirilgan. ‘’Yolg’izlik’’, ‘’O’shanda ham kuz edi’’ va ‘’Qo’llar’’ hikoyalarining barchasida ham yolg’iz ona qismati ifodalangan bo’lib har birining qalbi yarm. Qo’llar hikoyasining bosh qahramoni Malika aya timsolida butun umrini turmush o’rtog’iga bag’ishlagan, hatto uning vafotidan so’ng ham yolg’iz farzandi kelajagi uchun yoshligi va shijoatini mehnatga sarflagan haqiqiy sharq onasini ko’rishimiz mumkin. Uning yagona maqsadi farzandining iqbolini ko’rish. Adiba ona xarakterini juda sodda tarzda ochib bergan. Bugun dilbanding tuyi, o’yin kulgu ko’ngildagidek o’tgan bo’lsada, u quvonchdan haligacha o’ziga kelolmaydi. Sandiqda eridan qolgan yolg’iz esdalik eski paltoni bag’riga bosadi, qo’llari bilan silaydi. Bu uning eriga vafosini, so’nmagan mehrini ko’rsatadi. Hikoyada sokinlik, ko’ngil osoyishtaligi ustun. Ona iymanibgina o’g’li va kelini huzuriga kiradi. Qo’llariga ziynat uchun emas, mehnat uchun taqilgan uzukni kelinining barmog’iga soladi va baxti butunlikni tilaydi. Haqiqatda ham, o’zbek ayolining sabri, sadoqati, onalik burchi bundan ortiq ravon tasvirlanmasa kerak. Yillar azobini o’zida his qilgan ijodkor asarlarining har birining o’z tarixi quvonch to’la ko’zlariyu, hasratli daftari bor. Adibaning ‘’Ikki o’t orasida’’ hikoyasida oila qurish ostonasida turgan o’zbek qizining beg’ubor osmonlarini quyuq bulutlarga to’ldirgan dardi yozilgan. O’zi istagan yigitga turmushga chiqayotgan bo’lsada, Vaziraning ko’ngli g’ash. Uning aybi nima edi, ota onasi nima sababdan, qachon ajralishganini ham bilmaydi. Mehrga tashnalik, ayol uchun oilaning butunligi ota-ona bag’ri ekanligini isbotlab beradi. SaidaZunnunovaning so’z qudrati personajni shu qadar aniq tasvirlaganki, Ko’zlaridagi tortinchoqlik, hayo andishaga o’ralgan haqiqiy o’zbek qizining qiyofasi yaqqol namoyon bo’ladi. Download 19.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling