Jahon adabiyotida ayol obrazi
Download 27.36 Kb.
|
anattatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
JAHON ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI Elliboyeva Ravshanoy – FDU magistranti Annotatsiya Jahon adabiyotida ayol obrazi haqida tushuncha. Svetlana Alekseyevichning “ Urushning ayoldan yiroq qiyofasi” asarida obrazlarning real tasviri. Ona obrazining urush davridagi qiyofasi tahlili. Tayanch so’zlar: badiiy obraz, xarakter, realistik obrazlar, obrazdagi ratsionallik, emotsional birlik, aql va his uyg’unligi. Badiiy obraz borliqning badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz o’sha borliqning oddiygina aksi emas, u borliqning san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Badiiy obraz o’zida aql va hisni uyg’un birlashtiradiki, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. 1 Badiiy obrazdagi ratsional jihat shundaki, uning yordamida ijodkor o’zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Masalan, jahon adabiyoti vakili Svetlana Alekseyevichning “ Urishning ayoldan yiroq qiyofasi” asarida obrazlarning real tasviri yozuvchi mahorati tufayli yuksak badiiylik kashf etgan. U bu asari uchun Nobel mukofatiga sazovor bo`lgan. Negaki, asarning saviyasi, uning ta`sir qilish kuchi juda ham kuchli. Romanni mutolaa qilgan kishi o’sha davr muhitiga, urushlar girdobiga tushib qoladi. Adiba ushbu asarni yozishdan oldin ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan sobiq ittifoq ayollarining jasoratini insoniyatga ko`rsatib berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Urush davrida front ortidagi ayollar va bolalarga ham oson bo`lmagan. Ayriliq, qayg`u – alam, judolik hech bir xonadonni chetlab o`tmagan. Ular orasida yosh qizlar ham bo`lgani barchaga ma`lum. Yoshlar o`z yaqinlarining tinch – osuda yashashini istaganlari uchun qahramonlarcha halok bo`lishgan. Yozuvchi ayol bularni o`z asarida tasvirlar ekan, uning qalbidan nimalar kechganini faqat o`zi biladi. Chunki ayollarning butun ayanchli taqdirlarini hamda o`z farzandlarini o`ldirishgacha borganini ochib berish uchun ulkan jasorat ham metin – iroda kerak. U shularni keragidan ortiq darajada bajara oladi. Osha davrda urushning deb qanchadan – qancha ayola va onalar o`z farzandlarining o`limlariga sabab bo`lganini, ochlik, bir burda nonga zor bo`lib bularga chidolmay o`zini qurbon qilishilarini juda ajoyib chizgilar bilan kitobxonga yetkazib beradi. Bulardan tashqari asarda, Nastya degan ayolning ham ulkan fidokorligi tilga olinadi. Uning beshta farzandi bo`lib, ularning qornini to`ydirishga bir burda non ham topa olmay, radiast ayol qilgan ishni qilib, bolalarining hayotiga zomin bo`ladi. Bolalar ochlikdan non deb zirrillab, ko`zlari esa ovqat deb jovdirab turganda, onaning xo`rligi keladi. Urush sababli, o`z farzandlariga kiyim – kechak hamda oziq – ovqat topib bera olmaganiga ayol o`zini aybdor his qiladi. Shu tufayli u o`z bolalari ham o`zining joniga qasd qiladi. Qizalog`ini suvga cho`ktirib, o`zini esa olma daraxtiga osib o`ldiradi. Aslida ona ham buni xohlamaydi, ammo o`sha davr va muhitning ta`siri sababli shunday yo`l tutishga majbur bo`ladi. Shoira bu asarida urush qatnashchisi Tamara Ulyanova Ladinina bilan suhbatini keltirar ekan, u o`z onasining sovuqqon hamda bag`ritosh bo`lganini yozuvchiga so`zlab beradi. U onasini juda ham qattiqqo`l , farzandlarini hech qachon o`pib erkalamaganini, goh – gohida quvonchli voqea sodir bo`lsa mehr bilan qarab qo`yishini aytar ekan, uning ko`nglidan ajib bir hislar o`tadi. Onamni urushga olib ketayotganlarida u meni bag`riga bosib peshanam va yuz – ko`zimdan o`pdi, ko`zlarimga uzoq termuldi. Onasining bu ishidan qizning yuragi hapqirib ketadi. Chunki u ich – ichidan onasi endi boshqa ko`rmasligini his qilib turardi. Svetlana Aleksiyevich ona o`z mehrini farzandiga ko`rsatishi uchun, uni suyib – erkalashi aynan urush tufayli ekanini achinish bilan bayon qiladi. Negaki, ona o`z bolasi kichlikligidan erkalab, uni suyib o`pishi, bor mehr – muhabbatini unga hadya qilishi lozim. Masalan: o`zbeklarda onalar o`z farzandlariga go`daklik chog`idan allalar aytib, ularni “toychog`im” , “qo`zichog`im” , “nuridiydam”, “ko`zimning nuri” kabi iboralar bilan suyub erkalashlari bizning millatning naqadar bolajon ekanligidan dalolatdir. Lekin, bu asarda esa unday emas. Front ortiga ketayotgan ayol o`z qizi bilan xayrlashar chog`ida uni birinchi marta o`pib, bag`riga bosishi bu o`sha davrning zero, sovuq urushning alomatidir. Ushbu asarda ayollarning ulkan jasoratini, ayrim insonlar sarguzashttalablik desalar xato o`ylaydilar. Urushda qatnashgan ayollarga juda yomon munosabda bo`lishgan, ayblashgan, tahqirlashgan, xo`rlashgan. Hatto o`z bolalarini o`z qo`llari bilan o`ldirishgacha majburlashgan. Bu sarguzashttalablik emas, aksincha bir ayolning haqiqiy va mardonavor jasoratidir. O`zbek adabiyotida ham ayollarning bu kabi fidokorlikalari haqida taniqli adib Alinazar Egamnazarning “Oqlovdan so`ng” nomli kitobidagi “Besh jangchining onasi” ocherkini juda ham iztirob bilan yozilgan. Muallifning ikkinchi jahon urushi davrida yurtdoshlarimiz matonatiga bag`ishlangan ocherkidan katta bir roman o`qigandek bo`lamiz. Mazkur ocherkda Zangiota tumaning Xonobod mahallasida Zulfiya Zokirova degan ayol yashab o`tganligi uning besh o`g`li front ortidan qaytmaganligi tasvirlanadi. Bu asar ham Svetlana Alekseksiyevichning yuqoridagi asariga o`xshab ketadi. Unda ham bunda ham urush tufayli hayoti barbot bo`lgan ayol va onalarning ichki kechinmalari, ruhiy ahvoli yoritilib beriladi. “Urushning ayoldan yiroq qiyofasi” asarida o`sha millat onalarining mardonavor fazilatlari, farzandlari uchun urushlarda qon kechib yurgan erkakdan ham bardoshliroq ayol qiyofasi tasvirlangan. Unda bir emas, ko`plab onalarning o`z farzandlariga bo`lgan cheksiz mehr – muhabbati ochib beriladi. Xususan, partizan Raisa Grigorevna Xosenevich bilan suhbati haqidagi sahifada shoira o`zining iliq va samimiy fikrlarini ham partizan ayolning boshidan o`tkazganlari juda ham ta`sirchan qilib qog`ozga tushiradi. U ayol boshi bilan urushda qatnashib, bu ham yetmagandek, o`gli va qizini ham dushmanlardan himoya qilish uchun, o`zi bilan birga olib yurgani taqsinga sazovor. O`g`li yosh jihatdan ancha ulg`aygani sababli uni qaynonasiga tashlab, o`zining yoniga faqat to`rt yoshli Ella ismli qizalog`ini olib yozuv mashinasi bilan qo`shni partizanlar hududiga jo`nab ketishi bir onaning faxr bilan aytadigon fidokorligi desak adashmagan bo`lamiz. O`sha paytda urushda erkaklar ham hattoki, qo`llariga birgina qurol olib jang qilib, dushmanlardan zo`rg`a himoyalangan bo`lsa, Raisa esa ham yozuv mashinasi va bolasini ko`tarib yurishi o`nta erkak bajara olmagan ishdir. U jangu - jadallarda yursa ham, yurtda notinchlik bo`lib, turli xil nizolar bo`lsa ham farzandi tashlab qo`ymadi. O`zi qayerga borsa birga olib yurar, qizalog`ini hech kimga ishonmaydi, hattoki, yozuv mashinasida botqoqlikda harakatlanayotganda ham, erkak partizanlar uni qiynalayotganini ko`rib, qo`lidagi farzandini bir muddatga ularga berishini so`rashsa ham ko`nmaydi. Ayol uchun qizi eng muhim va aziz insoni edi. Chunki oilasi uzoqda, o`g`li esa qaynonasi bilan. Shu qizigina unga kuch bag`ishlardi. Shu sababli, qancha qiynalsa ham, uni o`zining bag`ridan bir qadam ham uzoqlashtirmaydi. Juda ko’p asarlarda ona obrazi jonli va real tasvirlar bilan berilgan. Xarakter xususiyatlari, faoliyati hayotdagi real odamlarga mos keladigan tarzda umumlashtirilib, o’ziga xos sharoitda haqqoniylashtirilib yaratilgan obrazlarga realistik obrazlar deyiladi. Bunday asarlarda ro’y-rostlik, chinlik yorqin ifodasini topadi.2 Yozuvchi Svetlana Alekseyevichning barcha qahramoni realistik obrazlarni tashkil etadi. Yozuvchining mahorati ham ularni badiiy jihatdan mukammal darajada yoritib, obraz psixologiyasini erkin ochib bera olganidadir. 1 Qironov D. Adabiyotshunoslikka kirish. “Fan” nashriyoti 2007. 66-bet 2 Umurov H. Adabiyot qoidalari. “O’qituvchi”. Toshkent – 2010. 44-bet Download 27.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling