Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc
Download 2.84 Kb. Pdf ko'rish
|
19tom2011yilpdf
Uchinchi. Barcha darajadagi qo‘shin turlarining hamkorligini
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida qo‘mondonlik-shtab, tezkor-taktik, taktik-maxsus o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarini o‘tkazish, individual va guruh shaklidagi jangovar tayyorgarlikning butun tizimini qayta ko‘rib chiqish eng muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Hamkorlikdagi operatsiyalarga jalb etiladigan chegara qo‘shinlari, Mudofaa vazirligining harbiy qismlari, vertolyot-hujum bo‘linmalari va maxsus operatsiyalarni amalga oshiradigan kuchlar, boshqa jalb qilinadigan qo‘shin turlari hamkorligida turli model hamda variantlarni amalda qo‘llash barcha o‘quv mashg‘ulotlarining muhim tarkibiy qismiga aylanishi shart. Shu borada harbiy okruglar qo‘mondonliklarining turli xavf-xatar va tahdidlarga qarshi tezkor zarba berish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda belgilangan operatsion yo‘nalishlar doirasida amalda mustaqil va o‘zini o‘zi boshqarishga qodir bo‘lishiga erishish lozim. To‘rtinchi. Qurolli Kuchlarimizning harakatchanligi, o‘zini o‘zi boshqarishi, yuksak jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lishiga erishishda harbiy qism va bo‘linmalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy qurol- yarog‘ va harbiy texnika, aloqa va individual himoya vositalari bilan qayta jihozlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Qurolli Kuchlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutgan holda, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyot texnikasi, bronetank qurol-yarog‘lari, artilleriya tizimlari, zenit raketalari komplekslari, zalpli o‘t ochishning reaktiv tizimlari, yuksak darajada aniq nishonga oladigan zamonaviy qurollar, individual va guruh shaklida, shu jumladan, radioaktiv nurlanish hamda kimyoviy va biologik qurollardan himoyalanishning maxsus vosita va texnikalarini modernizatsiya qilish va ularning zamonaviy namunalarini sotib olish masalasiga alohida e’tibor qaratish darkor. Download 2.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling