Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc
Download 2.84 Kb. Pdf ko'rish
|
19tom2011yilpdf
Birinchi. Mintaqamizdagi zamonaviy tahdidlar va xavfsizlikka qarshi
qaratilgan xatarlarni tizimli va chuqur tahlil qilib borish, ularning o‘rta va uzoq kelajakda olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inobatga olgan holda, yuz berish ehtimoli bo‘lgan harbiy harakatlar teatrini kuzatish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib borishimiz zarur. Allaqachon o‘z umrini o‘tab bo‘lgan bir qolipdagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga raxna soladigan har qanday xatti-harakatlarga qarshi Qurolli Kuchlarimizning munosib va samarali zarba berish imkoniyati va tayyorgarligini tanqidiy baholab borishimiz darkor. Ikkinchi. Barcha qo‘shin turlarini boshqarish va o‘zaro uzviy muvofiqlashtirishning samaradorligini yanada oshirish, qism va bo‘linmalarning strategik, operativ va taktik nuqtai nazardan aniq va bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishiga erishish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash, mamlakatimiz chegaralarini buzib, yurtimizga bostirib kirishga qaratilgan har qanday yovuz urinishlarga zarba berish va ularni bartaraf etishga doimo tayyor turish lozim. Bu borada Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi, harbiy okruglarning qo‘mondonlik va shtablari oldida g‘oyat mas’uliyatli vazifalar turibdi. Ushbu tuzilmalar hozirgi sharoitlarda har qanday xavfning chorasini oldindan ko‘rishga va uzoqni ko‘zlab ish olib borishga tayyor bo‘lib turgan holda, mamlakatimiz mudofaa tizimidagi zaif nuqtalarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning bartaraf etilishini ta’minlash uchun qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida ayni shunday tayyorgarliklar ustida ishlashni maqsad qilib qo‘yishi zarur. Bugungi kunda hayotning o‘zi Qurolli Kuchlarni boshqarish, rejalashtirish va qo‘llash tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, boshqaruvning informatsion vositalari va harbiy aloqa tizimlarini uyg‘unlashtirishni, Qurolli www.ziyouz.com kutubxonasi 100 Kuchlarimiz axborot-kommunikatsiyalarining raqamli yagona tarmog‘ini yaratishni taqozo etmoqda. Download 2.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling