Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
ISLOM VA AHLI KITOBLAR
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Bugungi kunda insoniyat boshdan kechirayotgan terrorchilik muammolari asosida butun dunyoning kun tartibida paydo bo‘lgan yana bir muhim masala – G‘arb bilan Islom dunyosining o‘zaro munosabatlaridir. XX asrning 90-yillari boshidayoq ayrim siyosatchi va tahlilchilar dunyoning falokat yoqasida va G‘arb bilan Islom o‘rtasidagi ulkan ziddiyat arafasida turgani haqida gapira boshladilar. Bu masala hatto Semyuel Xanatington tayyorlagan mashhur «Hazoralar (tsivilizatsiyalar) to‘qnashuvi» tezislarining asosiy mavzusiga aylandi. Biroq bu tezislar har ikki hazoraning ichida mavjud bo‘lgan qator radikal kuchlar ta’siri hamda ahamiyatini bo‘rttirish orqali tug‘ilgan soxta, to‘qima xulosaga asoslangan edi. Aslida esa Islom olami va G‘arb o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki G‘arb madaniyati nasroniylik va yahudiylik ko‘rsatmalariga asoslangan bo‘lib, o‘z navbatida ular Islom bilan to‘la kelishuvda va muloqotdadir, ayrim doiralar ta’kidlayotgandek hech qanaqa ixtilofga ularning borishi mumkin emas. Qur’on nasroniylar va yahudiylarni «Ahli kitoblar» deb ataydi. Qur’on musulmonlarga har ikki dinga e’tiqod qiluvchilar ulug‘ parvardigor Alloh taolo tomonidan nozil qilingan ilohiy vahiyga amal qilishlari xabarini beradi. Islomning ahli kitoblarga munosabati oliy darajadagi izzat-ehtiromli va do‘stonadir. Musulmonlar va ahli kitoblar o‘rtasidagi izzat, hurmat va yaxshi munosabatlar Islom nozil bo‘lgandan keyingi ilk yillardayoq paydo bo‘lgan. Ma’lumki, Islom Makkada nozil bo‘lgan, dastlabki yillarda uning tarafdorlari ozchilikni tashkil qilgan. Ular butparastlarning og‘ir ta’qiblari va tahdidlari sharoitida ham o‘z dinlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Mushriklarning adovati musulmonlar jamoasi hayotiga xavf tug‘dira boshlagach, ular Makkani tark etish va adolatparvar hukmdorlar boshchilik qilgan mamlakatlardan boshpana topishga qaror qilganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) musulmonlarga Habashistonning nasroniy podshosi Najoshiydan boshpana so‘rashni maslahat berdilar. Mazkur maslahatga binoan Habashistonga kelgan musulmonlar iliq va ehtirom bilan kutib olindi, ularga bu yerda adolat bilan munosabatda bo‘ldilar, nasroniylar va musulmonlar ilk daf’a o‘zaro til topishdilar. Podshoh Najoshiy Makka mushriklarining musulmonlarni iziga qaytarish va ulardan o‘ch olish haqidagi barcha talab va po‘pisalarini rad etdi hamda musulmonlar o‘zining qo‘l ostidagi yerlarda tinchlik va osoyishtalikda yashashlari mumkin, deb ta’kidladi. Qur’oni karim oyatlarida nasroniylarning ilk musulmonlarga mehribonligi, adolati va ehtiromi alohida ta’kidlanadi. Alloh taolo oyatlardan birida bizga shunday marhamat qiladi:
Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling