Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Alloh tinchlik diyori –
jannatga
da’vat etadi va O‘zi xohlagan zotlarni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladi.
Yunus surasi, 25-oyat
Horun Yahyo
ISLOM TERRORNI LA’NATLAYDI
Tarjimon: Ahmad Muhammad Tursun, Mas'ul muharrir: Dilmurod Qo‘shoqov,
Noshir: Mubashshir Ahmad, Badiiy muharrir: Ixtiyor Said, © “MUTARJIM” 2003
MUQADDIMA
Bismillahir rohmanir rohiym.
Olamlar Parvardigoriga hamdlar, Uning rasuli Muhammadga va u kishining oila a’zolari
hamda sahobalariga durudu salovotlar bo‘lsin.
Ming afsuski, XXI asr insoniyat uchun og‘ir sinovlar bilan boshlandi. Go‘yoki, Islom
diniga daxldor bo‘lgan bir guruh kimsalar tomonidan amalga oshirilgan xurujlar
oqibatida bir necha ming begunoh insonlar dahshatli tarzda bevaqt olamdan o‘tdi. AQSh,
Filippin, Indoneziya va Yaqin Sharq yerlarida xunrezliklar muqaddas Islom dinimiz
nomidan hamon davom ettirilmoqda. E’tiboringizga taqdim qilinayotgan mazkur mo‘’jaz
kitobcha ana shu va boshqa qator dolzarb masalalarga Allohning kalomi – Qur’oni majid
hamda Payg‘ambarning (s.a.v.) hadisi shariflaridan kelib chiqqan holda oydinlik kiritish
yo‘lida kamtarona urinishdir.
Biz musulmonlar 2001 yil 11 sentyabrda Amerika Qo‘shma
Shtatlarining ikki asosiy shahrida sodir etilgan va minglab begunoh
odamlarning halokatiga hamda azob-uqubatiga sababchi bo‘lgan
vahshiyona va g‘ayriinsoniy terrorchilik harakatlarini keskin
qoralaymiz. Amerika xalqiga o‘zimizning samimiy hamdardligimizni
izhor etamiz.
Ushbu kun dunyodagi barcha kishilarga terrorning haqiqiy manbai
nima ekanligini ochiq - oydin ko‘rsatdi. Jahondagi ko‘plab
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo