«U shaharda (o‘zlarini) o‘nglamay yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan
to‘qqiz nafar kimsa bor edi. O‘shalar Alloh nomiga qasam ichishib, (bir-
birlariga) aytdilar: Albatta (Solihni) va uning ahli-tobe’larini tunda halok
qilurmiz, so‘ngra uning valiy - homiyiga: «Bizlar (na Solihning va na) uning
ahli-tobe’larining halokatiga guvoh bo‘lgan emasmiz. Albatta bizlar rostgo‘y
kimsalardirmiz», deymiz. Ular (Solih va uning tobe’lariga qarshi o‘z) makrlarini
qildilar. Biz ham ular sezmagan hollarida (ularni halok qilish bilan) bir «makr»
qildik» (Naml, 48-50).
Qur’oni karim iymon egalarini ogohlantiradiki, Parvardigorning nomini tez-tez tilga olish
va Uning nomiga qasam ichish kishining iymoni va taqvodorligiga dalil bo‘la olmaydi.
Buning ustiga ehtimol bu odam zohiridagi xudo jo‘ylikning ostiga dahshatli shakkoklik va
kufrini, Alloh taoloning amr-farmonlariga va iymonning axloqiy asoslariga tubdan zid
bo‘lgan kirdikorlarini yashirib qo‘ygandir. Agar kimdir Allohning nomi bilan niqoblanib,
«er yuzida tartib o‘rnatmay, buzg‘unchilikni tarqatib» yursa, unda qarshingizda hech
qachon iymonga kirmaydigan va Parvardigorga xizmat qilishni maqsad etmagan
munofiqlar turgan bo‘ladi.
Alloh taoloning irodasiga bo‘ysungan, Parvardigorning iqobidan qo‘rquvga tushadigan va
Islomning chinakam axloqiy asoslarini anglab yetgan kishining shafqatsizlik,
haqsizlarcha kuch ishlatish tarafdori bo‘lishi va Allohga nomaqbul qandaydir
harakatlarda qatnashishini hatto tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xuddi shuning uchun ham
Islom ta’limoti terrorchilik balosini tag-tomiri bilan tugatish yo‘li hisoblanadi. Qur’oni
karimning oliy axloqiy amr-farmonlarini anglab yetgan va zimmasiga olgan har bir kishi
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
odamlar qalbiga tartibsizlik, dushmanlik va nafrat urug‘larini sochadigan kimsalarning
xatti-harakatlarini hech qachon qo‘llab-quvvatlamaydi. Chunki Alloh taolo Qur’oni
karimda shunday ogohlantirgan:
«(Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |