buzg‘unchi kimsalarni sevmas» (Qasos, 77).
Islomni qabul qilgan kishining maqsadi - Alloh taolo o‘zining haq yo‘ldagi bandalariga ato
etadigan roziligiga, mehribonligiga va abadiy jannatga musharraf bo‘lish. Lekin bunga
yetishmoq uchun musulmon kishi Parvardigoriga xizmat yo‘lida katta tirishqoqlik va
qat’iyat namoyish qilishi, o‘z qalbida Alloh taologa maqbul bo‘ladigan ahloqiy sifatlarni
tarbiyalashi kerak bo‘ladi. Iymon sohiblarining qalbida xolis rahm-shafqat, mehribonlik,
adolatparvarlik, sofdillik, kechirimlilik, kamtarlik, beg‘arazlik, fidoiylik, sabr-toqat kabi
tuyg‘ular shakllangan bo‘lishi zarur. E’tiqodli odam barcha kishilarga ochiq ko‘ngil bilan,
mehr-shafqat ko‘rsatib muomala qilishi, ezgu, solih amallarni ko‘proq bajarishga
shoshilishi, solih amallarni ko‘proq qilishda dindosh birodarlari bilan musobaqalashishi
kerak. Alloh taolo Qur’oni karimda buyuradiki:
Do'stlaringiz bilan baham: |