«Kim biron yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga
zulm qilinmas» (An’om, 160).
Qur’on adolatga targ‘ib qiladi
Alloh taolo Qur’oni karim orqali bildirgan haqiqiy adolat odamlarni yaxshi-yomonga
ajratmay, har bir kishining huquqlarini himoya qilishga, har qanday holatda ham
haqsizlik va zulmga rozi bo‘lmaslikka, hamisha mazlumlar tarafida turib, ularning
zolimlarga qarshi manfaatlarini himoya qilishga buyuradi. Qur’onda bayon etilgan oliy
haqqoniyat har bir voqeaga har tomonlama baho berish, xolis va adllik bilan
yondoshishni, sofdillik, rahm-shafqat, beg‘arazlik va sabr-toqatni talab etadi. Chunki his-
tuyg‘ular va ehtirosga qul bo‘lib qolgan odam voqealarni xolis, har tomonlama mulohaza
bilan baholay olmaydi, to‘g‘ri qarorga kelolmaydi va o‘z his-tuyg‘ularining ta’siri ostida
qoladi. Qur’onda buyurilgan haqqoniyatga rioya etuvchi inson o‘zining shaxsiy ehtiroslari
va mulohaza-fikrlarini o‘ylamasligi kerak. Chunki har yerda va har qachon haqiqatni
himoya qilish uchun Alloh taolo oldida mas’uliyatni his etish va oliy haqqoniyatga xizmat
etish yo‘lini tanlagani uchun u har qanday sharoitda ham or-nomus, adolatdan
chekinmaydi. Iymonli kishining axloqiy sofligi shunchalar oliy bo‘lishi kerakki, qarshisida
turgan odamning talab va ehtiyojlari o‘zining shaxsiy manfaatlaridan ancha ustun
bo‘lishi kerak. Musulmon kishi hatto o‘ziga zarar bo‘lsa ham, adolatga rioya qilishda
Alloh taolo oldida mas’uldir. Niso surasining 58-oyatida Alloh taolo odamlar orasida
hukm qilganda adolat bilan hukm qilishga buyuradi.
Alloh taolo iymon egalariga, hatto o‘zlari, qarindosh-urug‘lari va yaqinlari zarariga
guvohlik berishga to‘g‘ri kelsa ham, adolatli bo‘lishga buyuradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |