www.ziyouz.com kutubxonasi
38
tark etdilar. Vaholanki, ana shu boyliklar barcha asirlarni sotib olib, ozod qilishga yetarli
edi. Yepiskop Geraklius o‘zi uchun 10 dinor to‘plab, to‘plagan hamma mol-mulkini
aravaga yuklab, shaharni xotirjam tark etdi.
Sulton Salohiddin va uning qo‘l ostidagi musulmon qo‘shinlari nasroniylarga chinakam
adolat va rahm-shafqat bilan munosabatda bo‘ldilar, mag‘lubiyatga uchragan
jangchilarga ularning salbchi sarkardalariga qaraganda ham ko‘proq adolat ko‘rsatdilar.
Falastinning boshqa shaharlari ham salbchilarning vahshiyligiga duchor bo‘lgan edi. Xalq
qahramoni sifatida talqin qilinadigan Angliya tarixining afsonaviy shaxsi Richard
Sheryurak 1119 yilda III salb yurishida hozirgi Isroil hududidagi Akkon (Akra) qal’asini
qamal qilishda qatnashgan. Qal’a taslim bo‘lgandan keyin, u tovon to‘lash va sulh
takliflarining birontasiga ko‘nmay, shahardagi deyarli 3000 musulmonni, ayollar va
bolalarni ham qo‘shib qatl qilishga buyruq beradi. Shaharni salbchilardan ozod qilgan
musulmon qo‘shinlari tinch aholining vahshiyona qatl etilganligini o‘z ko‘zlari bilan
ko‘rdilar. Hattoki qarindoshlar va yaqinlaridan judolik alami ham musulmonlarga
g‘animdan o‘ch olib, zulm qilishga yo‘l qo‘ymadi. Chunki Parvardigor Qur’onda
musulmonlarga shunday deb buyurgan:
«Ey mo‘minlar, biron qavmni yomon ko‘rishingiz haddingizdan oshishingizga
tortmasin» (Moida, 2).
Musulmonlar hech qachon tinch aholiga qarshi harbiy kuch ishlatmaganlar. Hattoki
mag‘lub bo‘lgan salbchilarning qo‘shinlariga nisbatan ham jazo va shafqatsizlik
qo‘llanilmagan. Chunki Islom zo‘ravonlik, ziddiyatlar, urushlar va terrorni tag-tomiri
bilan yo‘qotish yo‘li
hamda adolat, tinchlik, diniy bag‘rikenglik va farovonlik kafolatidir.
© “MUTARJIM” 2003