yashab turgan bir paytda Ovrupo nasroniylarining ayrim diniy va siyosiy rahbarlari
Quddus ustiga salbchilar yurishi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildilar. 1095 yilning 25
yurish qilib, «Muqaddas zaminni musulmonlardan qutqarishga» chaqirdi. Ovruponing
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Sharqning behisob boyliklari tama’sida Falastinga qarab yo‘l oldi. Uzoq va silla quritar
yurishdan, qirg‘inbarot urushlar va musulmonlarning shaharlarini vayron qilishdan so‘ng
salbchilar qo‘shini nihoyat 1099 yili Quddusga yetib bordi. Besh haftacha davom etgan
qamaldan so‘ng, shahar taslim bo‘lib, salbchilar unga kirib bordilar va tarixda hali ko‘z
ko‘rib, quloq eshitmagan vahshiylik sodir qildilar. Shaharning barcha musulmonlari va
yahudiylari qilichdan o‘tkazildi. Salbchilar sevgi va rahm-shafqat dini bo‘lgan
nasroniylikning barcha axloqiy amr-farmonlarini toptab tashladilar va «din himoyasi
uchun kurash» nomi bilan niqoblanib, ochiq-oydin xudoning buyruqlariga zid ravishda
terror uyushtirdilar. Yillar o‘tib salbchilarning jinoyatlari hozirgi zamon nasroniylari oliy
rahbarlari va jamoatchiligi tomonidan e’tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: