Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
Xalifa Umarning Falastinda o‘rnatgan tinchlik va adolati
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
Xalifa Umarning Falastinda o‘rnatgan tinchlik va adolati
Milodning 71 yiligacha Quddus yahudiy podshohligining poytaxti bo‘lib kelgan. Biroq o‘sha yili Rim qo‘shinlari keng miqyosda yurish boshlashdi va yahudiylarni tor-mor qilib, aholidan vahshiylarcha o‘ch olishdi, yahudiylarni o‘z yerlaridan quvib chiqarishdi. Shu tarzda yahudiylar uchun darbadarlik davri boshlandi, Quddus va uning atroflari xarobaga aylandi. Imperator Konstantin davrida Rim imperiyasi nasroniylikni qabul qilgandan so‘nggina Quddus yana e’tibor va e’zoz markaziga aylandi. Rimlik nasroniylar shaharda butxonalar qura boshlashdi, yana ana shu yerlarga yahudiylarning ko‘chib kelib o‘rnashishlariga ruxsat berishdi. Milodning VII asrida Falastin Rim (Vizantiya) imperiyasi tarkibida edi. Oradan ko‘p o‘tmay, forslar bu hududni bosib olishdi, biroq tezda Vizantiya yana Falastinda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. 637 yilda Arab xalifaligi qo‘shinlari - musulmonlar tomonidan bu yerlarning fath etilishi Falastin tarixida burilish nuqtasi bo‘ldi. Aynan mana shu fath asrlar mobaynida behisob urushlar va hukmdorlarning shafqatsizligidan, xalqlarning quvg‘in qilinishi, bir hukmron dinning boshqasi bilan almashinuvi, vayrongarchiliklar, azob-uqubat va jabrlardan jafo chekkan Falastin yerlarida diniy bag‘rikenglik, tinchlik va farovonlik davrining ibtidosi bo‘ldi. Falastin Muhammad payg‘ambarning (s.a.v.) to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalaridan hazrati Umar (r.a.) boshchiligidagi arab qo‘shinlari tomonidan fath etilgan edi. U zot Falastinda yashab turgan barcha etnik va diniy guruhlarga aqli rasolik bilan, hurmat va e’zoz-ehtiromda munosabatda bo‘ldi, ana shu yerlarda diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat an’analariga asos soldi. Angliyalik tarixchi va Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis, avvalda rohiba bo‘lgan Karen Armstrongning «Muqaddas urush» («Holy War») kitobida yozilishicha:
|
ma'muriyatiga murojaat qiling