Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Alloh begunoh odamlarni o‘ldirishni ta’qiqlaydi


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

Alloh begunoh odamlarni o‘ldirishni ta’qiqlaydi 

Qur’oni karimda bir odamni nohaq o‘ldirish ulkan gunoh (gunohi 

kabira) sanaladi: 

«Kimki biron jonni (o‘ldirmagan) va yer yuzida 

buzg‘unchilik qilib yurmagan odamni o‘ldirsa, demak, 

go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot 

ato etsa (ya’ni o‘ldirishdan bosh tortsa), demak, go‘yo 

barcha odamlarga hayot beribdi (Moida, 32).  

«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo 

qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar 

hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga 

duchor bo‘lur» (Furqon, 68).  

Alloh taolo kishilarni nohaq o‘ldirganlarga Parvardigorning ulkan jazosi tayyorlab 

qo‘yilgani haqida ogohlantiradi. Alloh barcha kishilarni ogohlantiradiki, bir kishini o‘ldirish 

yer yuzidagi hamma odamni o‘ldirilganiga teng keladigan og‘ir gunohdir. Ulug‘ 

Parvardigor tomonidan belgilab qo‘yilgan had-chegaralardan chiqmaydigan taqvoli odam 

hatto bir kishiga zarar yetkazishdan ham qo‘rqadi. Bu dunyoda adolat va jazodan qutulib 

qolaman, deb go‘llarcha o‘ylaydiganlar, narigi abadiy dunyoda qilmishlari uchun 

Parvardigor huzurida javob berishdan, achchiq intiqom va dahshatli azoblardan qochib 

bo‘ptilar! Huddi shuning uchun ham hayotlarining har lahzasida o‘limning haqligini, 

Parvardigor huzurida hisob-kitob borligini eslab turuvchi mo‘minlar Alloh taolo o‘rnatgan 

hadlarga rioya qilishda katta sa’y-harakat ko‘rsatadilar. 


Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling