Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Alloh mo‘minlarga rahm-shafqatli va mehr-muruvvatli bo‘lishni buyuradi


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

Alloh mo‘minlarga rahm-shafqatli va mehr-muruvvatli bo‘lishni buyuradi 

Qur’on oyatlaridan birida chinakam musulmonning ma’naviy qiyofasi shunday 

tavsiflanadi: 

«So‘ngra u (maqtanchoq kimsa) iymon keltirgan va bir-birlariga sabr-qanoat 

qilishni tavsiya etgan, bir-birlariga mehr-muruvvat ko‘rgizishni tavsiya etgan 

zotlardan bo‘lmadi. Ana o‘sha (ya’ni, maqtanchoq kimsaga yot yuqoridagi 

fazilatlarga ega bo‘lgan) zotlar o‘ng tomon egalaridir» (Balad, 17-18) 

Alloh taoloning marhamatidan umidvor bo‘lgan, qiyomat kunidagi hisob-kitobdan najot 

topishga intilgan va jannatdagi abadiy hayotni istagan mo‘minlarning o‘zlarida 

tarbiyalashlari zarur bo‘lgan muhim axloqiy xislatlardan biri oyati karima buyurganiday 

«mehr-muruvvat ko‘rgizish»dir. 

Chinakam mehr-muruvvatning manbai – Allohni sevish. Insonning Parvardigoriga 




Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

11

muhabbati uning qalbida samimiylik va Alloh taolo yaratgan barcha mavjudotlarga 



nisbatan g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Parvardigorini sevgan inson Uning barcha 

maxluqlariga ruhiy yaqinlik va muhabbat bilan munosabatda bo‘ladi. Alloh taologa 

sodiqlik va muhabbat mo‘minni, Qur’oni karim buyurganiday, yer yuzidagi barcha 

odamlarga nisbatan ezgulik va omonlikda munosabatda bo‘lishga da’vat etadi va bu 

uning qalbida chinakam mehr-muruvvat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Muhabbat, mehr-

muruvvat va fidoyilik bilan yo‘g‘rilgan musulmonning ma’naviy qiyofasi Qur’oni karimda 

shunday tavsiflanadi: 


Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling