«Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas, siz (har qanday yomonlikni) eng
go‘zal so‘zlar bilan daf’ qiling! (Shunda) banogoh siz bilan o‘rtalaringizda
adovat bo‘lgan kimsa qaynoq - sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur» (Fussilat, 34).
Alloh taolo mo‘minlarga ko‘p martalab xabar beradiki, kechirimli bo‘lish va rahm-shafqat
insonning haqiqiy xislati hisoblanadi hamda o‘zida ana shu axloq qirralarini tarbiyalay
olgan kishi Parvardigorning yuksak ajr-mukofotlariga sazovor bo‘ladi:
«...(har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshagan yomonlikdir (ya’ni
har bir yomonlikning o‘ziga yarasha jazosi bordir). Endi kim (intiqom olishga
qodir bo‘lgani holda) afv qilib (o‘rtani) tuzatsa, bas uning ajri Allohning
zimmasidadir. Albatta, U zulm qilguvchilarni sevmas» (Sho‘ro, 40).
Alloh taolo Qur’oni karimda yana shunday xabar beradiki, inson hatto ochiq-oydin
adolatsizlik qilsa ham afv-kechirimli, marhamatli bo‘lish mo‘minlarga xos fazilat
hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlari orqali shunday deb marhamat etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |