qonunlari va hadlarga qat’iy rioya qilingan hollardagina murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Alloh taolo Qur’oni karim oyatlaridan biri orqali mo‘minlarni ogohlantiradiki, yer yuzida
urush olovini yoqa-yotganlar xudosiz kimsalardir va Alloh urushni ma’qullamaydi:
«Ular qachon (sizga qarshi) urush olovini yoqsalar, Alloh uni o‘chirur. Ular
yerda buzg‘unchilik qilib yururlar. Alloh esa buzg‘unchi kishilarni sevmas»
(Moida, 64).
Qandaydir ixtilof paydo bo‘lib qolgan hollarda musulmonlar toki majburiy zaruratga
aylanmaguncha urush boshlay olmaydilar. Ular qarshi tomon hujumga o‘tgandagina,
mojaroni hal etishning harbiy usulidan boshqa yo‘l qolmagandagina urushga kiradilar.
Bu holat haqida Qur’oni karim shunday deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: