«Endi agar to‘xtasalar (kufrdan kechib, Islomga kirsalar), bas, albatta, Alloh
kechirguvchi, rahmlidir» (Baqara, 192).
Mo‘min-musulmonlar ixtilofga borgan tomon bilan sulh, bitimga kelish va tinch yo‘lni
tanlashga majburdirlar, ular tinchlikni urushdan afzal ko‘radilar va qarshi tomon
hujumga o‘tgan paytda, mudofaa uchungina urushga kira oladilar.
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) faqat zaruriy hollardagina, shunda ham o‘z qavmini
himoya qilishning boshqa usuli qolmaganda va mudofaa harakatlari olib borish
maqsadida urush boshlash qarorini qabul qilganlar.
Qur’oni karimning nozil bo‘lishi (tushishi) roppa-rosa 23 yil davom etdi. Shuning avvalgi
o‘n uch yilida Makka mushriklari o‘rtasida musulmonlar ozchilikni tashkil etar va ular
mushriklar tomonidan qattiq ta’qib va tahqir qilinardi. Ilk musulmonlarning ko‘pchiligi
jismoniy qiynoqlarga solindilar, o‘ldirildilar, uylari va mol-mulklari tortib olindi, ular
doimiy haqorat va do‘q-po‘pisalarga duchor bo‘ldilar. Ana shunday munosabatga
qaramay, musulmonlar kuch ishlatishga, zo‘ravonlikka o‘tganlari yo‘q, hamisha makkalik
mushriklarni sulhga va haqiqiy iymonga da’vat etaverdilar.
Butparastlarning tazyiq-po‘pisalari musulmonlar qabilasiga jismoniy xavf tug‘dira
boshlaganda musulmonlar Makkani tashlab chiqib, Yasrib shahriga (keyinchalik u Madina
deb ataldi) borib o‘rnashdilar va shahar aholisining erkin va do‘stona muhitida yangi
qavm tashkil eta boshladilar. Musulmonlar keyinchalik siyosiy tartiblar o‘rnatib, haqiqiy
kuch to‘plaganlarida ham Makka mushriklarining yovuzlarcha hujumlariga qarshi urush
boshlamadilar. Faqat Alloh taolo Payg‘ambarga (s.a.v.) quyidagi oyatlarni nozil
qilgandan keyingina Rasululloh o‘z sahobalariga urushga tayyorgarlik ko‘rishga buyruq
berdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |