Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Islom va diniy bag‘rikenglik masalalari


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

Islom va diniy bag‘rikenglik masalalari 

Islomning siyosiy doktrinasi (ya’ni Islomning siyosat sohasidagi qonunlari va tamoyillari) 

favqulodda tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari asosiga qurilgan. Bu haqiqat 

musulmon bo‘lmagan ko‘plab tarixchilar va ilohiyotchilar tomonidan ham tan olingan. 

Dastlab rohib bo‘lgan angliyalik tarixchi, Yaqin Sharq tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis 

Karen Armstrong ham shulardan biridir. U o‘zining «Muqaddas urush» («Holy War») 

kitobida, dunyodagi uch ilohiy din tarixini tadqiq qilib, quyidagi izohni beradi: 



«Arab tilida «islom» so‘zi «tinchlik» degan so‘zning o‘zagidan olingan. Qur’on urushni 

Xudoning irodasiga zid g‘ayritabiiy holat sifatida qoralaydi... Islom muxolif tomonni 

yo‘qotishga qaratilgan bosqinchilik urushlarini ta’qiqlaydi... Islom faqat muqarrar bo‘lib 

qolgan va himoyalanish uchun bo‘ladigan urushlarnigina tan oladi va ayrim hollarda 

ularni odamlarga qilinayotgan haqsizlik va azob - uqubatlarni tugatishga qaratilgan ezgu 

majburiyat sifatida baholaydi. (Ammo) Qur’on ta’lim beradiki, hatto adolatli urush ham 

qat’iy had - chegaralar hisobga olingan holda, iloji boricha insonparvarlik yo‘li bilan olib 

borilishi kerak. Muhammad (s.a.v.) faqatgina Makka mushriklari bilangina emas, balki 

bir paytning o‘zida mahalliy yahudiy qabilalari, shuningdek yahudiylar bilan til biriktirib

unga xujum qilishni rejalashtirgan Suriyadagi nasroniy qabilalar bilan ham urushishga 

majbur bo‘lgandi. Ammo bu holat uning qalbida dushmanlariga nisbatan nafrat 

tug‘dirmadi, uni «Ahli Kitoblar»ni (nasroniy va yahudiylarni) la’natlashga olib kelmadi. 

Uning musulmonlari o‘z hayotlarini jismonan himoya qilishga majbur bo‘lishdi, lekin ular 

o‘z dushmanlarining diniga qarshi muqaddas urushga kirganlari yo‘q. Muhammad 

musulmon qo‘shinlariga boshliq sifatida o‘zining ozod qilgan quli Zaydni nasroniylarga 

qarshi urushga jo‘natayotganda unga Alloh yo‘lida mardona jang qilishni, ammo 

insonparvarlikni unutmaslikni buyurgan. Ular diniy xizmatchilarni, rohib va rohibalarni 

bezovta qilishmasdi, urushda qatnashmayotgan, bemajol odamlar, ayollar, yosh bolalar, 

keksalarni nishonga olmas, ularga zarar yetkazmasdi. Ular tinch fuqarolarni, aholini 

o‘ldirishmagan, bino va uy-joylardan hech birini vayron qilishmagan...» 

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin musulmonlarga bosh bo‘lib qolgan 

«xulofai roshidin» (ya’ni, to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar) ham ozod qilingan o‘lkalarda mahalliy 

aholi va yangi ko‘chib kelganlar uchun tinch va xavfsiz holda ahil – totuv yashash 

imkoniyatini yaratib berishgan. Xalifalarning birinchisi Abu Bakr Siddiq (r.a.) Suriyaga 

harbiy yurishga ketayotib, o‘z qo‘shinlariga Qur’oni karimning haqiqiy da’vatiga yorqin 

misol bo‘lgan quyidagi buyruqni bergandilar: 

«Ey insonlar, men sizlarga chin dildan amal qilishingiz lozim bo‘lgan o‘n qoidani ma’lum 

qilaman. Ularni aslo esdan chiqarmang va to‘g‘ri yo‘ldan adashmang. Bolalarni, ayollarni 

va keksa kishilarni o‘ldirmang. Xurmo daraxtlariga o‘t qo‘ymang va daraxtlarni kesmang. 

Tuyalarni, podalarni va boshqa (hayvonlar) to‘dasini o‘ldirmang... Siz o‘zga ishlar, oxirat 

dunyosiga xizmat qilish bilan mashg‘ul odamlarni uchratasiz. Shunda ularni o‘z holiga 

qo‘ying. Sizga turli noz-ne’matlarni tuhfa qilib kelgan odamlarni uchratasiz, ulardan 

yeng, ammo Alloh nomini esga olishni unutmang». 

Xalifalikni Abu Bakrdan (r.a.) qabul qilib olgan xalifa hazrati Umar (r.a.) o‘zining o‘zga 

dinlarga xayrixohligi, rahm-shafqatliligi va adolatparvarliligi bilan Islom dunyosidan 

tashqarida ham ma’lum va mashhur edi. U Arab xalifaligiga qo‘shilgan yerlarning xalqlari 

bilan Islomning chinakam adolatparvarligi va din erkinligiga xayrixohligiga misol bo‘la 



Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo 

 

 




Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling