Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
«A’robiylar kufru nifoqda qattiqroq va Alloh o‘z payg‘ambariga nozil qilgan
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
«A’robiylar kufru nifoqda qattiqroq va Alloh o‘z payg‘ambariga nozil qilgan
narsalarning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilim va hikmat sohibidir» (Tavba, 97). A’robiylar, ya’ni «kufru nifoqda qattiqroq va chegaralarni bilmaslikka loyiqroq» ijtimoiy guruhlar payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) davrlarida Islom dunyosining bir qismiga aylandilar. A’robiylar ichida «xorijiylar» (arabchadan tarjima qilganda «buzg‘unchilar, isyonchilar» ma’nosida) oqimi shakllandi va keng tarqaldi. Bu oqim Muhammadning (s.a.v.) sunnatlariga ixtilofda bo‘lib, uni rad etgani uchun shunday nom oldi. «Xorijiylar» bid’atchi oqimining tarafdorlari o‘zlarining o‘ta shafqatsizligi, tajovuzkorligi va mutaassibligi bilan nom chiqarishgan edi. Islom mohiyati va Qur’on da’vati haqida hech qanday tasavvurga ega emasdilar. Qur’oni karim oyatlaridan bir nechtasini bilib olgan
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi 21 xorijiylar ularning ma’nosini to‘laligicha buzib, o‘z mafkuralariga qo‘shilmagan barcha musulmonlarga qarshi urush ochdilar. Ularning musulmonlar bilan urush usuli ochiq terror va musulmonlarni qo‘rqitishdan iborat edi. Hazrati Ali ibn Abu Tolib (karramallohu vajah) Payg‘ambar alayhissalomning eng yaqin safdoshlari va kuyovlari bo‘lganlar, musulmonlar bu kishini chuqur bilimlari va taqvolari uchun «ilm shahrining darvozasi» deb atashgan. Ana shu ulug‘ zot xorijiylarning oldindan rejalashtirgan hujumi natijasida shahid bo‘lganlar. Keyinchalik Islom olamida «xoshxoshitlar» nomi bilan tanilgan yangi oqim paydo bo‘ldi. Bu o‘z boshliqlari tomonidan jo‘n shiorlar va ko‘plab va’dalar evaziga jalb qilingan, aslida Islom mohiyati, uning aqidasi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan mutaassib va johil ko‘chmanchilardan tashkil topgan jangarilarning ochiq «terrorchi» guruhlaridan iborat edi. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy iymon egalari safida hamisha adashganlar, munofiqlar va xudosizlar ham bo‘lgan. Ular diniy ta’limotning mohiyatini soxtalashtirishga, undan zo‘ravonlik, zulm va shafqatsizlik quroli sifatida foydalanishga urinishgan. Nasroniylikdagi salbchilar kabi, Islomdagi ayrim adashgan oqimlar ham ilohiy din haqida juda noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lganlar. Qur’on ta’rifi bilan aytiladigan bo‘lsa, ularni bitta nara – «a’robiy» fe’l-atvori, ya’ni g‘irt johillik, odamovilik, vahshiylik, madaniyatsizlik hamda axloqsizlik birlashtirib turadi. Ular sodir etadigan jinoyatlar va zo‘ravonliklar aslo ular e’tiqod qo‘ydik, deb da’vosini qilayotgan din tufayli emas, balki ana shu ijtimoiy illatlarning mevasidir. Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling