Qur’onda a’robiy obrazi
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) davrlarida Arabistonda ikki asosiy siyosiy tarkibga
kiruvchi aholi – shaharliklar va badaviylar (sahroyi a’robiylar) yashardi. Arabiston
shaharlari o‘sha paytda ancha rivojlangan va madaniy darajasi oshgan holatda edi.
Savdo-sotiq aloqalari shaharlarni tashqi dunyo bilan bog‘lab turar, bu esa shubhasiz
shahar aholisi dunyoqarashi va bilim darajasini kengaytirishga yordam berardi.
A’robiylar esa rivojlanish darajasi haddan ziyod past bo‘lgan sahrodagi ko‘chmanchi
qabilalar edilar. Ular har qanday madaniy-ma’naviy qadriyatlardan mahrum bo‘lib,
san’atni ham, adabiyotni ham bilishmasdi. Sahroning og‘ir sharoiti a’robiylarning xulq-
atvoriga va hayot tarziga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagandi.
Islom Arabiston yarim orolining bosh shahri hisoblanmish Makkada nozil bo‘ldi va
rivojlandi. Biroq, asta-sekin Arabistonning barcha qabilalari uni qabul qila boshladi. Ana
shu qabilalar orasida a’robiylar ham bor edi. Ammo muammo shunda ediki, sahroyi
a’robiylarning tafakkur darajasi Islomning chuqur mohiyatini anglash uchun yetarli
emasdi. Qur’oni karim oyatlaridan birida badaviylar ahvoli haqida shunday deyiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |