Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Terrorchining maqsadi – qotillik


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

Terrorchining maqsadi – qotillik 

Rus anarxizmi asoschisi Mixail Bakunin va uning g‘oyaviy shogirdi Sergey Nechaev 

«risoladagi» terrorchi obrazini shunday ta’riflaganlar: «Idealdagi terrorchi – mavjud 

qonuniy tartib va barcha madaniyatli dunyo bilan, uning qonunchiligi, axloqi va boshqa 

institutlari bilan hamma aloqalarini uzgan kishidir... Uning uchun faqat bitta fan – yo‘q 

qilish, qirib tashlash fani mavjud». 

Bakunin va Nechaevlarning so‘zidan ko‘rinib turibdiki, terrorchilar – jamiyatning barcha 

tuzilmalari bilan aloqasini uzgan, axloqiy va boshqa qadriyatlarni inkor etadigan va ana 

shu jamiyat tuzilmalarini o‘zining qandaydir dushmani yoki yo‘lidagi to‘siq deb 

hisoblaydigan odamlar ekan. Bakunin yana shunday deb ham yozgan edi: «Terrorchida 

bitta maqsad – ayovsiz qirish maqsadi bo‘lishi kerak!... Ana shu niyat yo‘lida to‘xtamay 

va sovuqqonlik bilan harakat qilib, o‘limga hamisha shay turishi, unga halaqit berishga 

uringanlarni o‘z qo‘li bilan o‘ldirishi kerak». Terrorchilikning qo‘llanmalaridan biri sifatida 

tan olingan «Inqilobchiga eslatma» kitobida Bakunin shunday tushuntirish beradi: 

«O‘ziga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lgan inqilobchi boshqalarga ham shunday munosabatda 

bo‘lishi, oqibat, do‘stlik, minnatdorchilik, hatto or-nomus kabi hissiyotlarga umuman 

berilmasligi kerak. U faqat inqilobiy ishga nisbatan metin ishtiyoqqa ega bo‘lishi lozim. 

Chunki ana shu narsagina unga quvonch, qoniqish va mukofot olib keladi». 

Bu so‘zlar terrorning mudhish qiyofasini to‘la-to‘kis ochib berishi bilan birga, uning 

insonlarga muhabbat, tinchlik-osoyishtalik, diniy bag‘rikenglik olib keluvchi Islom 

aqidasiga mutlaqo zid ekaniga guvohlik beradi. 


Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling