«Agar Parvardigoringiz xohlasa edi, butun yer yuzidagi barcha kishilar iymon
keltirgan bo‘lur edilar. Axir siz odamlarni mo‘min bo‘lishga majbur qilurmisiz?»
(Yunus, 99).
Shuning uchun musulmonning Parvardigor oldidagi yagona majburiyati odamlarga
iymon haqidagi haqiqiy bilimlarni yetkazish va ularni Haqqa tinch yo‘l bilan da’vat
qilishdir. Ulug‘ Parvardigorning amr-farmonlariga bo‘ysunarkan, har bir kishi odamlarni
dinga ham, musulmonlarning Parvardigorlari huzuridagi majburiyatlarini bajarishga ham
majburlash yo‘qligini va bunday qilish mumkin emasligini chuqur anglab yetishi kerak.
Faqatgina chiroyli pand-nasihatlar va maslahatlarga ijozat etiladi. Alloh taolo
Payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) amr qilib aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |