«Sizlar Fir’avnning oldiga boringlar, chunki (u «Men xudoman», deb) haddidan
oshdi. Bas, unga yumshoq so‘zlanglar! Shoyad pand-nasihat olsa yoki (Mening
qahrimdan) qo‘rqsa» (Toha, 43-44).
Fir’avn buyuk Parvardigorning irodasini inkor etib, o‘zini xudoning yerdagi timsoli deb
e’lon qilgan eng beshafqat hukmdorlardan biri edi. Fir’avnning mustabid hukmronligi
dindorlarni (Bani Isroilni) shafqatsiz jabr-sitam va zulmga giriftor qildi. Biroq Alloh ana
shunday dushmanlik vaziyatida ham Fir’avnga pand-nasihat qilish uchun yuborilgan
payg‘ambarlariga «unga yumshoq so‘zlanglar», deb buyuradi. Ulug‘ Parvardigor tinch
munosabatlar o‘rnatish, chiroyli pand-nasihatlar olib borishni, ixtilof, keskin fikr aytish
va g‘azabnok shiorlar, norozilikning tajovuzkor ko‘rinishlaridan tiyilishni amr etadi.
Qur’oni karim musulmonlarga xulq-atvorning hamda, agar odamlarning qalblari xusumat
va nafrat bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa hamki, ular bilan muomala qilishning Xudoga xush
keladigan tomonlarini ko‘rsatuvchi ko‘plab misollar keltiradi. Payg‘ambar Muhammad
(s.a.v.) xulqlarini ta’riflovchi oyati karimalardan birida shunday deb marhamat etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |