Terrorchilik muammosi bilan bir qatorda ko‘rib chiqishni taqozo etadigan masalalardan
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Radikalizm qaysidir sohada qat’iy, tub, tuyqus o‘zgarishlarni himoya qilish, ana shunga
erishish
maqsadida qiziqqonlik bilan, keskin va murosasiz siyosat olib borish deganidir.
Radikal kuchlar u yoki bu sohada tub islohotlarga keskin, tajovuzkorona, ko‘p hollarda
kuch ishlatish yo‘li bilan erishishga intiladi.
Hayotdagi har qanday holatlarga bo‘lgani kabi, Islomning ushbu muammoga
munosabatining mezoni ham Qur’oni karim ko‘rsatmalari hisoblanadi. Qiziqqonlik har
qanday ko‘rinishda Alloh taolo musulmonlarga Qur’oni karim orqali amr etgan tafakkur
tarzi va hayotning axloqiy qonunlariga muvofiq kelmaydi. Alloh mo‘minlar egallashi
lozim bo‘lgan ruhiy sifatlarni ko‘rsatar ekan, kishilarni yumshoq qalbli, ezgulikka, har
qanday mojaro va ixtilofli vaziyatlardan xoli, hatto o‘ziga dushmanchilik kayfiyatida
turganlarga ham yaxshi munosabatda bo‘lishga buyuradi.
Payg‘ambarlar Musoga (a.s.) va Horunga (a.s.) Alloh taoloning amri ana shunday
vaziyatlarda chin musulmonlarga o‘zini qanday tutishda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatganiga misol
bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: