solganlarida...» (Fath, 26) deya ta’riflangan usul va shiorlarning o‘ziga xos «yig‘indisi»
bo‘lib, uning Islom axloqiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Barcha musulmonlar Qur’oni karimning ruhiyati va mohiyatiga zid keladigan har qanday
ko‘rinishdagi shafqatsizlik, g‘azab tuyg‘ulari va ixtilofli munosabatlardan mutlaqo
qochishlari, har qanday vaziyatda ham Alloh taolo belgilab qo‘ygan ezgulik, sulhparvarlik
va mulohazakorlik yo‘lidan borishlari uchun Parvardigorlari huzurida mas’uldirlar.
Musulmonlarning ma’naviy yetukligi, diniy bag‘rikengligi, tinchliksevarligi va kamtarligi
butun insoniyatga namuna bo‘lishi va Islomning axloqiy ko‘rsatmalari odamlar qalbida
hayratlanish tuyg‘ulari uyg‘otishi darkor. Musulmonlar faqatgina axloqiy yo‘nalish
bo‘yicha ibrat bo‘lib qolmasdan, hayotning barcha jabhalarida, fan va madaniyatda,
san’at va nafosatda, ijtimoiy qurilishda ham ulug‘ Parvardigor tomonidan nozil qilingan
diniy ta’limotning munosib vakillari sifatida namuna ko‘rsatishlari kerak.
Kishilarni iymonga, dinga da’vat qilish, Islomga yot bo‘lgan xudosizlik mafkuralariga
qarshi kurash Parvardigor yo‘l qo‘ygan usullarga qat’iy rioya etgan holdagina olib
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
borilishi lozim. Alloh taolo musulmonlarning boshqa kishilar bilan munosabati qanday
bo‘lishi kerakligi haqida mo‘minlarga ochiq xabar berib qo‘ygan:
Do'stlaringiz bilan baham: |