“DIN NOMIDAN” HARAKAT QILUVCHI TERRORCHILARNING ASL QIYOFASI
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan omillar shuni tasdiqlab turibdiki, begunoh odamlarga qarshi
qaratilgan har qanday ko‘rinishdagi shafqatsizlik Allohning dini axloqiga mutlaqo ziddir.
Birorta musulmon hech qachon insonlarga qarshi jinoyatga qo‘l urmaydi, aksincha
jinoyatning rejasini qilayotgan, yer yuzida buzg‘unchilik va yovuzlik tarqatayotganlarning
yo‘lini to‘sish, butun insoniyatning tinchligi va xavfsizligi uchun barcha choralarni ko‘rish
har bir taqvodor mo‘minning burchidir. Buning ustiga Islom terror yo‘lidagi to‘siq va
insoniyat uchun isnod bo‘lgan bu holatni yer yuzidan yo‘qotishning asosiy yo‘lidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |