Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
www.ziyouz.com kutubxonasi
18 ko‘pgina shaharlarning aholisi Malikshoh hukmronligi ostiga ixtiyoriy ravishda o‘tishga qaror qilishganki, bu tarixda kam uchraydigan noyob hodisadir. E’tiqodlari uchun ta’qib, o‘lim va vahshiyliklarga duchor qilingan, keyinchalik esa Ispaniya va Portugaliya katolik hukmdorlari tomonidan quvg‘in qilingan yahudiylar Usmonli imperiya yerlarida orom-osoyishtalik topganlar. Sulton Boyazid II ning hukmronligi davri diniy bag‘rikenglikka yorqin misol bo‘la oladi. U 1492 yilda Ispaniyadan quvg‘in qilingan yahudiylarni qaramog‘idagi Edirne, Livadiya, Tirxala kabi shaharlarda joylashtirgan. Hozirgi kunda Turkiyada yashayotgan 25 mingdan ziyod yahudiylar o‘sha davrda musulmonlar yurtidan panoh topgan yahudiylarning avlodlaridir. Sulton Boyazid II tomonidan namoyon etilgan mehribonlik va diniy bag‘rikenglik Movarounnahr hukmdorlariga ham xos narsa edi. Amir Temur saltanatiga qarashli barcha shahar va qishloqlarda fuqarolarga erkin yashash, o‘z dinlarining qonun va urf- odatlariga rioya qilish huquqi berib qo‘yilgan. Jorjtaun universiteti (AQSh)ning din va millatlararo munosabatlar professori Jon L. Espozito musulmon davlatlari boshqaruvi ostiga o‘tgan yahudiylar va nasroniylar duch kelgan diniy bag‘rikenglik va e’tibor haqida shunday hikoya qiladi:
Ovrupolik tadqiqotchilarning sharhu-izohlari guvohlik beradiki, musulmonlar hech qachon dunyoda buzg‘unchilik va dushmanlik urug‘larini sepishmagan. Ular qaergacha yetib borishgan bo‘lsa, o‘sha yerlarga va xalqlarga xavfsizlik va barqarorlik olib kelishgan. Alloh taoloning Qur’on orqali nozil qilgan amr-farmonlari va Islom tarixi ochiq- oydin va tushunarli hamda bahslar uchun hech qanday sabab-bahona qoldirmaydi. Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling