Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 egalari bunday yovuzlikka har qanday holatda ham qo‘l urmaydilar. Ana shunday qabih vahshiyliklarni amalga oshirganlar o‘zlarining dinga qattiq e’tiqod qo‘yganlari haqida qanchalik lof urmasinlar, aslida bu ishlarni odamlar qalbidan din- iymonni yo‘qotish uchungina qiladilar. O‘z-o‘zidan ravshanki, ularning maqsadi ilohiy dinni haqoratlash, odamlarni undan chetlashtirish va ularning qalbida iymonli odamlarga nisbatan nafrat va g‘azab uyg‘otish, xolos. Mohiyatiga ko‘ra, gunohsiz odamlarga nisbatan go‘yoki «din yo‘lida» amalga oshirilgan har qanday zo‘ravonlik va zulm ilohiy din ustidan zulm hisoblanadi. Alloh taolo iymon egalariga sevgi, rahm-shafqat va tinch-lik-osoyishtalikni buyuradi. Terror esa iymonning g‘irt aksidir. U o‘z oldiga berahmlik, shafqatsizlik, zulm, qotillik va azob-kulfatlarni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun barcha terrorchilik harakatlarining manbaini xudojo‘ylik va iymondan emas, dahriylik hamda bid’atdan axtarish kerak. Bunday holatlarning ildizini fashizm, kommunizm, irqchilik va moddiyunchilikning boshqa shakllari targ‘ib qilingan jamiyatlarda ulg‘aygan kishilar orasidan izlash darkor. Terrorchilarning ma’lum ismlari hech qanday ahamiyatga ega emas. Agar inson sovuqqonlik bilan begunoh kishilarni o‘ldira olibdimi, demak, u iymonli emas, u xudosiz. Bu kimsalar Alloh taoloning jazo-azoblaridan qo‘rqmaydigan bo‘lib qolgan, ularning yagona maqsadi qon to‘kish va odamlarga kulfat-alam keltirish. Shunday ekan, bugungi kunda xalqaro matbuotda tez-tez uchrab turgan «islom terrorizmi» haqidagi da’volar, «yahudiy terrorizmi» yoki «xristian terrorizmi» tushunchalari kabi noto‘g‘ri va asossizdir. Zero, Islomda ham, boshqa ikki samoviy dinda ham terrorga yoki odamlar ustidan boshqa shakldagi zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q. Buning ustiga biz «terror» deb atayotgan harakatlar (ya’ni, hech qanday gunohsiz kishilarga qarshi qilinayotgan jinoyatlar) Islomda ulkan gunoh hisoblanadi va har bir musulmon ana shunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, yer yuzida tinchlik, osoyishtalik va adolat o‘rnatish uchun Alloh taolo oldida mas’uldir.
Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling