Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus 
muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi 
korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini o‘z ichiga oladi. 
Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida 
hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan xodimlarning ijtimoiy 
ehtiyojlariga xizmat qiladi. 
Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini 
hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‘urtasi fondini o‘z ichiga oladi. 
Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lgan davlat 
budjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat 
budjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash 
manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining 
asosiy qismi davlat budjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy 
vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat 
miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. 
Davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‘urtasi umumdavlat moliyasining 
keyingi bo‘g‘ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi 
korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi 
mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari 
hisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va 
shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. 
Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarini tashkil qilishning 
shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. 
Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy ishlar bilan 
shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga 


 378
oladi. Kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar, 
faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va boshqa 
ilmiy-ma’rifiy jamiyatlarning ham o‘ziga xos moliyasi mavjud bo‘ladi. 
Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai, 
tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan 
daromad, homiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan iborat 
bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondlari ham alohida 
o‘rin tutadi. Bu fondlar turli xo‘jalik subyektlari va aholining pul 
mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va ishlatadi. 
Mazkur fondlarga respublikamizda amal qilib turgan «Mahalla», 
«Navro‘z», «Orol», «Ulug‘bek» va «Nuroniy» fondlarini misol qilib 
ko‘rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya 
tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va 
budjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan 
ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni 
saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning 
ahamiyati ortib boradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling