Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Tovar – ayirboshlash uchun mo‘ljallangan iqtisodiy ne’mat. 
Qiymat – tovar ayirboshlash holatida o‘z ifodasini topadigan hamda 
ayirboshlanadigan ne’matlarning iste’molchilari va ishlab chiqaruvchilari 
manfaatlarini maqbullashtirish (kelishtirish) natijasi, tovar ayirboshlash faktida 
ifodalangan iste’mol va ishlab chiqarish qiymati o‘zaro munosabatining 
natijasi. 
Ishlab chiqarish qiymati – tovarning uni yaratuvchi shaxsning muayyan 
daromadini ta’minlash qobiliyati. 
Qiymat qonuni – ayirboshlash faktining ayirboshlanadigan ne’matlarning 
iste’molchilari va ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy manfaatlari 
maqbullashuvi («mos kelishi»)ga bog‘liqligini ifodalovchi ichki, takrorlanuvi 
va barqaror aloqa va munosabatlar. 
Iste’mol qiymati – tovarning muayyan hayotiy ehtiyojni qondirish 
qobiliyati. 
Qiymat me’yori – turli tovar ayirboshlash qiymatlarining puldagi 
o‘lchovi yoki «narx» bo‘yicha qiyoslanishi. 
Pul – almashish uchun mo‘ljallangan tovar qiymatlarining umumiy 
ekvivalenti. 
Pulning jamlash vositasi – tovar va xizmatlar sotilganidan so‘ng 
jamg‘ariladigan va kelajakda xarid qobiliyatini ta’minlaydigan pul. 
Pulning muomala vositasi – tovar va xizmatlar sotib olish uchun 
foydalaniladigan pul; pul o‘zining ushbu funksiyasi bilan iqtisodiy ne’matlarni 
olish-sotishda vositachi hisoblanadi. 
Pulning to‘lov vositasi – xaridorga ilgari kelib tushgan tovar va xizmatlar 
uchun haq to‘lashda foydalaniladigan pul. 
Inflatsiya salohiyati – iqtisodiyot haddan tashqari davlatlashtirilgan 
sharoitda hosil bo‘ladigan inflatsiya imkoniyati. 
Inflatsiya jarayoni – inflatsiyaning kelib chiqishi, dinamikasi va 
yo‘nalishini belgilovchi barcha elementlarining aloqador birligi va o‘zaro 
ta’siri. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling