Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Inflatsiya, uning mohiyati va turlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Inflatsiya, uning mohiyati va turlari 
Inflatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan ɛɢɪɢ
hisoblanadi. «Inflatsiya» tushunchasi birinchi marta g‘arbiy Amerikada, 
(1861–1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida) qo‘llanila boshlagan va 
qog‘oz pul muomalasining ko‘payib ketishi jarayonini bildirgan. Iqtisodiy 
adabiyotlarda «inflatsiya» tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan 
keyin keng tarqaldi. 
Inflatsiya – bu qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos 
ravishda tovar narxlarining o‘sishidir. Inflatsiya bozor xo‘jaligining har 
xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan 
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.
Qog‘oz pul tovarlarga, oltinga va o‘z qadrini, barqarorligini saqlab 
qolgan chet el valutalariga nisbatan qadrsizlanadi. 
Inflatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. 
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyasiyaning bir 
qancha turlari mavjud. 
1) talab inflatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami 
talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish 


 364
sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib ortiqcha talabni qondira 
olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. 
Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab 
inflatsiyasini keltirib chiqaradi; 
2) taklif inflatsiyasi. Inflatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va 
bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi natijasida kelib chiqadigan 
inflatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi 
hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. 
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyot-
da foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham 
qisqaradi. Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish 
xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va energiya sarflari narxlarining 
o‘sishi hisobiga ortib boradi. Inflatsiyaning: a) me’yordagi; b) o‘rmalab 
boruvchi; c) giperinflatsiya kabi turlari ham mavjud. Inflatsiyaning 
birinchi turida baholar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 
foizgacha, uchinchisida astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi. 
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan 
inflatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflatsiya va uning oqibatlarini 
oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflatsiyani oldindan aytib 
bo‘lmaydi. Birinchi holda inflatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga 
tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda 
narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining 
sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin. 
Pul miqdori keragidan ortib ketganda inflatsiya paydo bo‘ladi. Bu 
narxlarning muqim oshib borishi natijasida milliy pul birligining 
qadrsizlanishidir. Inflatsiyaning sabablari qo‘shimcha pul emissiyasi
ishlab chiqarishning qisqarib ketishi, xarajatlarning oshib ketishi, chet el 
valutasi zaxiralarining qadrsizlanishi kabilardan iboratdir. 
Inflatsiya kelib chiqishi sabablariga ko‘ra: 
¾ talab va taklif inflatsiyasiga;
¾ qanday borishi jihatidan erkin bozor inflatsiyasi va davlat bostirib 
turadigan inflatsiyaga;
¾ shiddati jihatidan o‘rmalovchi, yo‘rg‘alovchi va tez yuguruvchi – 
giperinflatsiyaga ajratiladi. 
Inflatsiya darajasini narxlarning zo‘r berib o‘sishi belgilaydi. 
Inflatsiya me’yorida bo‘lganda (yiliga 10–12 foiz) bu iqtisodiyot uchun 
xavf tug‘dirmaydi, aksincha, pul inyeksiya orqali iqtisodiyotning 
o‘sishiga ko‘mak beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilari me’yoridagi 


 365
inflatsiyaga moslashadilar. Davlatning moslashuv tadbirlari inflatsiyani 
hisobga olib foizini o‘zgartirishdan, daromadlar indeksatsiyasini 
o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Inflatsiya belgilangan me’yoridan chiqib 
ketganda, davlat inflatsiyaga qarshi tadbirlarni qo‘llaydi. Chunki 
inflatsiya firmalar va fuqarolardagi mavjud pul qadrining pasayishidan 
turli xil yo‘qotishlarga olib keladi. Giperinflatsiya iqtisodiy tanglikni hosil 
etadi. O‘rmalovchi inflatsiya sharoitida iqtisodiy faollik yuz beradi.
Davlatning aksilinflatsiya siyosati asosan muomaladagi ortiqcha 
pulni olishdan, pul emissiyasini to‘xtatishdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiyotda 
ortiqcha pul hosil bo‘lganda, pul massasi qisqartiriladi. Narxlar pul 
miqdoriga bog‘liq bo‘lar ekan, uning qisqarishi talabni kamaytirib, 
narxlarning o‘sishini sekinlashtiradi. Davlatning aksilinflatsiya 
siyosatining muhim yo‘nalishidan biri bu iqtisodiyotning real sektorini 
rag‘batlantirishdan iborat. Chunki iqtisodiyotning real sektori xilma-xil 
mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘lganidan u iqtisodiyotning 
asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. Real sektorda yaratilgan barcha 
ne’matlar ayirboshlanadi, taqsimlanadi va iste’mol etiladi. Ko‘rinib 
turibdiki, bunday harakat uzluksiz yuz beradi. Ya’ni takror ishlab 
chiqarishni yuzaga chiqaradi. Shu bois iqtisodiyotning real sektorini 
pulning aylanma harakatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki 
iqtisodiyotda doimo pulga qo‘shimcha talab paydo bo‘ladi. Bunday 
sharoitda pul zaxiradan chiqib oborotga kiradi va real sektorga xizmat 
qiladi. Iqtisodiyotda pulga talabning qondirilishi real sektordagi ishlab 
chiqarishni kengaytiradi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Shuning uchun davlat pulning qadrini mustahkamlash chora-tadbirlarini 
ko‘radi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling