641
3) ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning maqbullashuvi (opti-
mallashuvi);
4) fanatsiya funksiyasi.
Tovar savdo-sotig‘i ishlab chiqarish omillari narxi (bahosi) ning
o‘zgarishiga olib keladi, bu esa ishlab chiqarish
omillarining mamla-
katlararo ko‘chib yurishini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish omillari
ko‘chib yurishi bilan jahon savdosining hajmi o‘sadi,
chunki ular
samaraliroq foydalanishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarga ko‘chadi. Ishlab
chiqarish omillari (kapital, mehnat)ning xalqaro mobilligi (ko‘chib
yurishi) iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtiradi.
Xalqaro savdo – dunyodagi barcha mamlakatlar tashqi savdosining
majmuidan iborat xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasidir. Xalqaro
savdo ikki qarama-qarshi oqim – eksport va importdan iborat. Unga savdo
saldosi va savdo aylanmasi xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: