Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Tayanch tushunchalar:
Jahon xo‘jaligi, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro takror ishlab chiqarish jarayonlari, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, yangi xalqaro iqtisodiy tartib, globallashuv, ochiq iqtisodiyot, mamlakatlar raqobatbardoshligi. 637 Savol va topshiriqlar: 1. Jahon xo‘jaligi nima? 2. Jahon xo‘jaligi qanday qaror topishini tushuntirib bering. 3. Jahon xo‘jaligining rivojlanish bosqichlarini eslang. 4. Jahon xo‘jaligi qanday mamlakatlardan tashkil topgan? 5. Globallashuv nima? 6. Global iqtisodiy siyosatning mohiyati qanday? 7. Globallashuvning rasmiy ta’riflarini keltiring. 8. Ochiq iqtisodiyot nima? 9. Xalqaro munosabatlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalari bilan tartibga solinadi? 10. Qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni bilasiz? 11. Yangi xalqaro tartibning mazmuni va u tayanuvchi uch qoidani tushuntiring. 12. Antiglobalistlar harakati haqida gapirib bering. 13. Yopiq iqtisodiyot nima? 14. Globallashuv jarayonlarida O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasi haqida nimalarni bilasiz? Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi Globallashuv – iqtisodiyot subyektlarining global miqyosdagi o‘zaro aloqadorligining kuchayishi, bularning aholi hayotining huquqiy, ijtimoiy, demografik, diniy va boshqa tomonlariga ta’siri. Jahon xo‘jaligi – yagona jahon takror ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanadi hamda institutsionallashgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Jahon takror ishlab chiqarish jarayoni deganda jahon xo‘jaligi doirasidagi ishlab chiqarishning muntazam yangilanib, o‘sib borishi tushuniladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) mamlakatlar iqtisodiy subyektlarining xo‘jalik aloqalaridir. Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning muayyan ne’matlar va xizmatlar yaratishga ixtisoslashuvi va ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar muayyan turlarining ayirboshlashuvi tushuniladi. Yopiq iqtisodiyot deganda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar muayyan mamlakat ichkarisida yaratiladi va o‘sha yerda sotiladi. Barcha ichki daromadlar va xarajatlar shu mamlakatning yalpi ichki mahsulotini tashkil etadi. Ochiq iqtisodiyot deganda shunday makroiqtisodiyot tushuniladiki, unda yaratilgan mahsulotning bir qismi mamlakat ichki iste’moliga, qolgan qismi 638 xorijga eksport qilinadi. Jahon xo‘jaligi yoki jahon iqtisodiyoti – bu o‘zaro bog‘liq hamda jadal rivojlanishda bo‘lgan va jahon iqtisodiy tizimini tashkil qilgan milliy xo‘jaliklar majmui. Jahon iqtisodiyoti tizimining asosiy elementlari quyidagilar: milliy xo‘jaliklar, transmilliy korporatsiyalar, integratsiyaviy birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. Jahon iqtisodiyoti tizimida davlatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari integratsiyalovchi, birlashtiruvchi rol o‘ynaydi. Uning asosida moddiy va ma’naviy ne’matlarni xalqaro va milliy miqyosda ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish yotadi. Jahon iqtisodiyoti faoliyatining asosiy maqsadi – inson ehtiyojlarini qondirish. Jahon xo‘jaligining iqtisodiy tuzilishi – tarmoqlar, mintaqalar, korxonalar o‘rtasidagi nisbat, shuningdek yalpi mahsulotning ishlab chiqarilishi va iste’molidagi mutanosibliklar. Jahon iqtisodiyotining tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: tarmoq, takror ishlab chiqarish, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar (kichik tuzilmalar). Iqtisodiy rivojlanish omillari – bular faol ishlatiladigan iqtisod elementlari: yer, mehnat, kapital, axborot, tadbirkorlik qobiliyati, fan-texnika taraqqiyoti (bu o‘z navbatida qolgan mazkur omillar samaradorligining oshishini ta’minlaydi). Ushbu zarur omillarning kerakli joyda va kerakli vaqtda jamlanishi iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlaydi. Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari bu iqtisodiy rivojlanishda yetakchi o‘rin tutuvchi iqtisodiy subyektlar: tadbirkorlik, davlat. Iqtisodiy rivojlanish sharoitlari – iqtisodiy taraqqiyotning borishini ta’minlovchi alohida, aniq holatlar. Zarur sharoitlarning yaratilishi iqtisodiyotning boshqarilishi, iqtisodiy vaziyatning tahlil qilinishi hamda bashorat qilinishi, samarali menejmentni ta’minlaydi. Jahon iqtisodiyotining notekis rivojlanishi – jahon iqtisodiyotining notekis rivojlanishi uning davomiy xususiyatida namoyon bo‘ladi (qisqa muddatli davr ikki yil, o‘rta muddatlisi 5–7 yil, uzoq muddatli davr 40–60 yil). Sekinlashish (pasayish to‘lqini) va tezlashish (yuksalish to‘lqini) davrlari ketma-ket almashib keladi hamda bir qator omillarning dinamikasi (fan- texnika taraqqiyoti va boshqalar) bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi – milliy xo‘jaliklarning ishlab chiqarish va investitsiyalar sohasida jahon bozoriga bog‘liqligining kuchayishi. Transmilliylashuv – korxonalar va ular filiallarining xorijda joy- lashtirilishi, uning xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuviga imkon yaratishi. 639 Integratsiya – milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi va o‘zaro moslashuvi. Xalqaro ixtisoslashuv – bu bir yoki bir qancha mamlakatlarda o‘z ichki ehtiyojlarini va manfaatdor mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirish uchun bir turdagi mahsulot ishlab chiqarilishining jamlanishidir. Ixtisoslashuvning quyidagi shakllari ajratiladi: 1) ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi – tarmoqlararo yoki tarmoq va firma ichidagi; 2) hududiy – mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha, mintaqalar ichida; 3) predmetli (muayyan mahsulotni ishlab chiqarish); 4) detalli (detallar, qismlar, yarim fabrikatlar ishlab chiqarish); 5) texnologik (ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqarish). Xalqaro mehnat taqsimoti – o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish tizimi bo‘lib, bunda turli mamlakatlarning korxonalari muayyan tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadilar va keyinchalik ularni o‘zaro ayirboshlay- dilar. Xalqaro mehnat taqsimotida ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar (sug‘urta, investitsiya kompaniyalari, brokerlik, auditorlik, venchur (tavakkal), lizing korxonalar) ham ishtirok etadi. Xalqaro kooperatsiya – ikki yoki undan ortiq mamlakat korxonalarining yagona ishlab chiqarish dasturini bajarish yoki mahsulotni texnik jihatdan takomillashtirish manfaatlari yo‘lida birlashtirilishidir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling