Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Globallashuv va ochiq iqtisodiyot
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
3. Globallashuv va ochiq iqtisodiyot
Tashqi iqtisodiy siyosat har qanday milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlashning muhim vositasidir. Lekin bir-biridan farq qiladigan ikkita model mavjud. Birinchi model jahon bozori bilan mustahkam bog‘liq, eksportga ishlaydigan tarmoqlar ustunlik qiladigan ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirishga qaratiladi. Ikkinchi model bojxona to‘lovlari baland va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar ustunlik qiladigan xo‘jaliklarni afzal ko‘radi. O‘zbekistonda xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda, vujudga keladigan ochiq iqtisodiyot modeli asos qilib olingan. 631 Umuman olganda, iqtisodiyot ikki xil bo‘ladi. Bular yopiq va ochiq iqtisodiyot. Yopiq iqtisodiyot tabiatan an’anaviy iqtisodiyot, bu bozor tizimining o‘tmishdoshidir. Yopiq iqtisodiyot shunday iqtisodiyotki, u o‘z qobig‘iga o‘ralgan bo‘lib, tashqi dunyo bilan aloqaga kirishmaydi, o‘zini o‘zi ta’minlash qoidasiga asoslanadi. Bunday iqtisodiyot konservativ, eskilikni uzoq saqlab qoladi, modernizatsiya (yangilanish)ga moyil bo‘lmaydi. Shu sababli u istiqbolsiz hisoblanadi. Yopiq iqtisodiyot tarixiy o‘tmish, lekin hozirgi sivilizatsiyadan ajralib, o‘rmon, chakalakzorlarda yashab qolib ketgan qabilalarda uchraydi. Yopiq iqtisodiyotning aksi ochiq iqtisodiyotdir. Ochiq iqtisodiyot – bu tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishgan, ularning afzalligiga tayanib, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotdir. «Ochiq iqtisodiyot» tushunchasi milliy iqtisodiyotga nisbatan qo‘llaniladi. Uning ochiqlik darajasi turli mamlakatlarda har xil, albatta. Bu turli mezonlarga qarab aniqlanadi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligiga ochiq iqtisodiyot xosdir. Shu bois dunyoda ekstranaliyalar, ya’ni ijobiy yoki salbiy tashqi ta’sirlarga uchramagan mamlakatlar yo‘q. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish yo‘lida faol ish boshlagan. Bunda ochiq turdagi iqtisodiyotni shakllantirishning asosini mamlakatning dunyo xo‘jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi tashkil etadi. O‘zbekiston ochiq iqtisodiyot sharoitida jahon xo‘jaligi sikllarining bevosita ta’siriga duch keladi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integrasiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi hamda eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 1. Iqtisodiyotning eksport salohiyati. Agar eksport YAIMga nisbatan qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik ochiqlik darajasi yuqori bo‘ladi. Masalan, Gollandiyada eksport YAIMning ¾ qismiga teng bo‘lganidan, bu yerda ochiqlik darajasi yuqori deb aytish mumkin. O‘zbekiston iqtisodiyotining ham ochiqlik darajasi yuqori, chunki eksportning YAIMdagi hissasi deyarli 40 foizga yetadi. 632 2. Iste’molda importning hissasi. Agar bu hissa qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik iqtisodiyot ochiq hisoblanadi. Ammo buning uchun import kafolatlanishi kerak. Masalan, Yaponiya va Italiyada oziq-ovqat iste’molining 2/3 qismini import tashkil etadi. Importga qarab ochiqlik darajasiga baho berilganda aytilgan kafolatning bo‘lishi nazarda tutiladi, chunki shunda iqtisodiy xavf-xatar yuzaga kelmaydi, aholi ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi. 3. Iqtisodiyotga yuboriladigan investitsiyalarda xorij investisiya- larining hissasi va chetga chiqarilgan kapitalning jami kapitaldagi hissasi. Agar ichki investitsiyalarda xorijdan kelgan mablag‘lar ulushi qanchalik katta bo‘lsa, kapital tashqariga qanchalik ko‘p chiqsa, shunchalik iqtisodiyot ochiq hisoblanadi. 4. Mehnat resurslari tarkibida xorijdan kirib kelgan va xorijga chiqib ketgan ish kuchi hissasi. Bu ko‘rsatkich qanchalik kata bo‘lsa, shunchalik mamlakat iqtisodiyoti ochiq hisoblanadi. Xullas, milliy iqtisodiyotning ochiqligi tovarlar, kapital va ish kuchining naqadar mamlakatga kirib va undan chiqib turishiga qarab belgilanadi. Biroq bular ochiqlikni ta’minlashda har xil o‘rin tutadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarda ular iqtisodiyotining ochiqligini ko‘p hollarda kapitalning chetga chiqishi, texnologiyalar eksporti ko‘p bo‘lgani holda iste’mol tovarlari importining kattaligi belgilaydi. Aksincha, iqtisodiyoti rivojlanib ulgurmagan mamlakatlarda uning ochiqligini belgilashda xomashyo va energiya resursi hamda iste’mol tovarlari eksporti, kapital va texnologiya importining ustuvorligi asosiy hisoblanadi. Iqtisodiyotning ochiqligi ichki ziddiyatlarga ega. Agar ochiqlik iqtisodi baquvvat mamlakatlarga ustuvorlik bersa, iqtisodi zaif mamlakatlarda chet elga qaramlik hosil etadi. Ochiq iqtisodiyotlarning rivojlanishi jahon xo‘jaligini yuzaga keltirgan (XIX–XX asrlar bo‘sag‘asida). Hozirgi zamon jahon xo‘jaligiga ochiq iqtisodiyot xosdir. Shu bois dunyoda ekstranaliyalar, ya’ni ijobiy yoki salbiy tashqi ta’sirlarga uchramagan mamlakatlar yo‘q. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish yo‘lida faol ish boshlaganini ta’kidladik. Bunda ochiq turdagi iqtisodiyotni shakllantirishning asosini mamlakatning dunyo xo‘jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi tashkil etadi. O‘zbekiston ochiq iqtisodiyot sharoitida jahon xo‘jaligi sikllarining bevosita ta’siriga duch keladi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek, «barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy- iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi». 633 Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida hamda boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvning eng istiqbolli va maqbul bo‘lgan yo‘nalishini belgilash zarurati ham mavjud. Hozir ochiq milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi bilan bog‘lanishi tovarlar, ish kuchi va kapitalning erkin harakati orqali amalga oshiriladi. Bozor tizimiga o‘tishda iqtisodiy o‘sishning tashqi manbalari ichki manbalari bilan bir qatorda turgani uchun, yosh mamlakatlar muqarrar ravishda baynalminallashuv jarayoniga kirib borishlari kerak bo‘ladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling