Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Globallashuvning mohiyati


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet370/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2.3. Globallashuvning mohiyati 
Xalqaro munosabatlarning globallashuvi muammosi asta-sekin 
eng yuksak darajalarda o‘tadigan ko‘plab ikki tomonlama va ko‘p 
tomonlama uchrashuvlarda eng asosiy (ustun) muammo sifatida baholana 


 628
boshlandi. Shu jihatdan qaraganda, 1999-yilda «yettilik» mamlakatlari 
rahbarlarining Germaniyaning Kyoln shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi 
Yakuniy kommyunikesining ikkinchi bandi, ayniqsa katta e’tiborga 
sazovordir. Unda globallashuv jarayoniga rasmiy ta’rif berilgan.
Birinchidan, globallashuv – g‘oyalar, kapital, texnika va tovarlarning 
butun dunyo bo‘ylab oqishi jadallashayotgan va keng miqyosga ega 
bo‘lib borayotgan murakkab jarayon sifatida baholangan.
Ikkinchidan, globallashuv ayrim jamiyatlardagi turli xalqlarni 
nihoyatda yaqinlashtirgan ochiqlik tufayli yuzaga kelgan tub o‘zgarishlar 
bilan bog‘liq. 
Uchinchidan, globallashuv borgan sari kuchayib borayotgan 
ochiqlik va jadallik natijasi sifatida butun yer yuzida hayot darajasining 
yuksalib borishiga va qashshoqlik darajasining ancha pasayishiga yordam 
beruvchi shart-sharoit.
To‘rtinchidan, globallashuv integratsiyaning ishlab chiqarish 
samaradorligini rag‘batlantirish, imkoniyatlarni kengaytirish va 
iqtisodiyotni o‘stirish evaziga qo‘shimcha ish joylari yaratishga imkon 
berib ulgurgan va bunga davom etadigan yangi shakl sifatida qaralmoqda. 
Beshinchidan, globallashuv axborot sohasidagi inqilob bilan 
chambarchas bog‘liq. Bu inqilob esa, o‘z navbatida, yangi jamiyatga 
o‘tishning shart-sharoiti hisoblanadi. Ya’ni jahon sivilizatsiyasi borgan 
sari ko‘proq sanoatlashgan va postindustrial jamiyatdan axborotga 
asoslangan jamiyatga o‘tish tamoyiliga ega bo‘lmoqda. 
Oltinchidan, globallashuv turli madaniyatlar va qadriyatlarning 
borgan sari kuchayib borayotgan o‘zaro ta’siri sifatida demokratik 
jamiyatlar qurish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarining kafolatlarini 
shakllantirish tamoyilida ifodalanadi.
Yettinchidan, globallashuv ayrim ishchilar, oilalar va elatlar uchun 
yashash joyini o‘zgartirish va moliyaviy noaniqlik bilan bog‘liq xavf-
xatarning ortishida namoyon bo‘ladigan muayyan tahdidlarga ham ega.
Iqtisodiyotning globallashuvi, jahon iqtisodiyoti subyektlari 
o‘zaro aloqasining kuchayishi, iqtisodiy jazolar (savdodagi kamsitish, 
ekspansiya, embargo, qamal)ning noqonuniy yoki nomuvofiq qo‘llanishi 
xalqaro iqtisodiy xavfsizlik tizimini huquqiy asosda yaratish masalasini 
qo‘ymoqda. Bugun xalqaro javobgarlik taqiqlarning, boshqa davlat 
huquqlarining buzilishi, o‘z huquqlarini suiiste’mol qilish, shuningdek 
majburiyatlarini bajarmaslikka ham tatbiq etilmoqda. 
Mamlakatning ichki holati uning resurs salohiyatidan 
foydalanishi hamda davlatlararo munosabatlarda obro‘sini saqlashiga 


 629
bog‘liq bo‘lmoqda. Mamlakat hayoti va faoliyatini ta’minlashning 
iqtisodiy asosini xo‘jalik bilan bog‘liq maqsad va niyatlar, moddiy 
xarajatlar va iqtisodiy faoliyatning natijalari tashkil etadi. 
Global iqtisodiy siyosat – bu xalqaro siyosat bo‘lib, iqtisodiy 
resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo mamlakatlari o‘rtasida 
taqsimlab, ulardan samarali foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu 
siyosatda chetga kapitalni investitsiya sifatida chiqarib, uni kerakli 
serfoyda sohalarga joylashtirish uchun o‘zaro kelishilgan soliqlar, bank 
foizlari, boj to‘lovlari, kvotalar kabi vositalar ishlatiladi. Tovarlarning 
qimmatlashib ketishiga yo‘l bermaslik uchun ularga eksport etilgan 
chog‘idagi soliqlar qo‘yish bilan cheklanib, ular importiga soliq 
belgilanmaydi yoki g‘oyat oz belgilanadi. Bu ikkiyoqlama soliqqa 
tortishni bartaraf etish, deb yuritiladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i 
yoki aksiz soliqlari tovarlar chiqarilgan joyda undirilib, tovarlar import 
qilingan yerda olinmaydi. O‘zaro kelishuvlar asosida import qilingan 
texnologiya ham soliqdan ozod qilinadi. Xalqaro savdo-sotiqda 
yengillashtirilgan bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi, bu to‘lovlar o‘zaro 
kelishilgan bo‘ladi. Masalan, Xalqaro savdo tashkiloti a’zolari o‘zaro 
savdo qilganda, boj to‘lovlari tovar qiymatining 10 foizidan oshmasligi 
talab qilinadi. Bu tashkilotga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar bilan savdo-
sotiq qilinganda, oshirilgan boj to‘lovlari qo‘llaniladi. Xalqaro kredit 
berish tartibi ham birgalikda belgilanadi. Bunga ko‘ra kredit kvotalari, 
kredit muddati va kredit uchun foiz o‘rnatiladi. Xalqaro kreditda 
kelishilgan foiz stavkasi libor deb yuritiladi. Liborni yirik London 
banklari o‘rnatadi, boshqa xalqaro banklar shunga qarab o‘z foizlarini 
belgilaydilar. Masalan, 2003-yil uchun libor 1,4 foiz qilib belgilandi. 
Boshqa banklar bundan bir oz yuqori bo‘lgan foizlar bilan kredit 
ajratadilar. Xalqaro kredit siyosatini yirik kreditor – qarz beruvchi 
mamlakatlar banklari hukumat ishtirokida amalga oshiradilar. Bular Parij 
va London qarz beruvchilar klubini tashkil etadi. Bu kredit siyosati kimga 
va qanchadan qarz berishni, qaysi qarzlarni kechib yuborish, qaysi 
qarzlarning to‘lash muddatini cho‘zishni belgilab beradi. 
Yirik xalqaro korporatsiyalar davlat ishtirokida eksport va 
import kvotalari o‘rnatadilar. Bularga binoan, qayerga qancha tovarni 
eksport qilish, qayerdan qancha tovarni import qilish, eksport-import 
tartibi aniqlab beriladi. Integratsion ittifoqlarga kirgan mamlakatlarda, 
masalan, Yevropa Ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay 
sharoit yaratib beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini 
diskriminatsiya qilish, ya’ni kamsitishga yo‘l berilmaydi. 


 630
Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya’ni millatlararo 
korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar, yetakchi davlatlar hukumati, 
davlatlararo hukumat va parlament belgilaydi. Bunga misol qilib, 
Yevroparlament, Yevropa Ministrlar kengashi qo‘llaydigan siyosatni 
olish mumkin. Bu siyosatda o‘zaro va boshqalar bilan bo‘ladigan 
iqtisodiy aloqalarni qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bo‘lishi 
ko‘rsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim sohalarga qo‘llaniladi. 
Transmilliy korporatsiyalar faqat o‘z faoliyati doirasidagi xalqaro 
siyosatni belgilaydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta 
ishlash kvotalarini, uning narxini o‘z siyosatiga binoan belgilaydi. Bu 
yerda qabul qilingan neft narxining yo‘lagi o‘rnatiladi. Xalqaro savdo 
birjalari jahon narxlarini o‘rnatishga doir siyosatni qo‘llaydilar. 
Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish va 
Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro institutlar valuta 
tartibini mustahkamlash, kreditni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni 
qo‘llaydilar. Ular milliy valuta kursini barqarorlashtirish va valuta 
tahlikasini kamaytirish uchun milliy iqtisodiyotni rivojlantirib, eksport 
salohiyatini oshirishga qaratilgan kredit siyosatini qo‘llaydilar. 
Global iqtisodiy siyosat davlatlararo mehnat migratsiyasiga ham 
taalluqli bo‘ladi. Mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun unga oid 
xalqaro qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat hukumati va 
parlamentlari belgilagan migratsiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. 
Migratsiya oqimini nazorat qilish usullari ham kelishiladi, migratsiyaga 
oid axborot o‘zaro almashib turiladi. 
Global siyosat tabiiy ravishda globalizatsiyaning afzalliklaridan 
foydalanish, uning salbiy jihatlarini kamaytirishga qaratiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling