Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Ekologiya va resurslar muammolari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2.2. Ekologiya va resurslar muammolari
XX asrning ikkinchi yarmida jahon iqtisodiyotida atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi ko‘tarildi, chunki xo‘jalik faoliyati natijasida uning ifloslanishi bir qator sohalarda juda keskin tus oldi. Biologik olamning xilma-xil turlari va ekologik tizimlar halokat yoqasiga kelib qoldi. Keyinchalik muammoning dolzarbligi, ekologiya masalalarining tadqiq etilishi, ushbu bilimlarning ommalashuvi, nohukumat ekologik tashkilotlar va harakatlarning faollashuvi uning keng doirada muhokama qilinishiga olib keldi. 624 Ekologik inqiroz keskinlashuvining bosh sabablari quyidagilar: 1) kimyoviy o‘g‘itlarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi, tuproqning sho‘r bosishi, shamol va suvdan yemirilishi natijasida ishlov beriladigan ulkan yer maydonlarining ishdan chiqishi. XX asrda haydaladigan yerlarning ¼ qismidan ortig‘i yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yildi; 2) o‘rmonlarning kesilishi va buning natijasida suv toshqinlari, tuproq eroziyasi, ko‘chkilarning kelib chiqishi, botqoqliklarning hosil bo‘lishi. Katta maydonlarda o‘rmonlarning yo‘qotilishi mintaqaviy va global miqyoslarda ekologik muvozanatning buzilishiga olib keldi. XX asrda o‘rmonlarning taxminan 2/3 qismi yo‘q qilindi (agar 50 yil avval tropik o‘rmonlar quruqlikning 12 % ini qoplagan bo‘lsa, bugungi kunda ular atigi 6 % ni tashkil qiladi); 3) ziroatchilik va chorvachilik mahsulotlariga, suv, insoniyat yashaydigan muhitga va shu kabilarga kimyoviy ta’sir ko‘rsatilishi bu barcha odamlar sog‘lig‘i hayotiga ta’sir etadi, tabiiy muhitning o‘zini takror ishlab chiqarish imkoniyati yo‘qolayotganligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi; 4) Yer atmosferasiga chiqarilayotgan chiqindilar hajmining o‘sib borayotgani. Atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi (issiq xona effekti), ozon qatlamining yupqalashuvi tufayli iqlim o‘zgarishi yuz berishi mumkin. Taxminlarga qaraganda, yer sharidagi o‘rtacha yillik harorat XXI asr o‘rtalariga kelib 1,5–4,5 oS ga, Dunyo ummonining darajasi esa 2010-yildayoq 1,4–2,2 metrga ko‘tarildi; 5) turli sanoat chiqindilarining to‘planishi, katta yer maydonlarining axlat uyumi bilan to‘lishi. Buning natijasida foydali yer maydonlari qisqarib, odamlar hayoti uchun katta xavf tug‘diruvchi o‘choqlar hududi kengayadi. Sanoat chiqindilarining hajmi 30 yil ichida 2,5 baravar ko‘payib, 10 mlrd. tonnaga yetdi; 6) atom elektr stansiyalari sonining ko‘payishi. Ekologiyaga ta’sir etishning oqibatini Chernobil fojiasi ko‘rsatdi: odamlarning halok bo‘li- shi, shaharlar, yerlar, o‘rmonlar va suvning foydalanishga yaroqsizlanishi. Hayot uchun o‘ta xavfli radiatsion chiqindilar (ifloslantiruvchilar)ning minglab kilometr masofaga havo orqali tarqashi hamda shahar va qishloqlarga yomg‘ir va qor ko‘rinishida tushishi. Bularning bari ekologik muammolar miqyosining nihoyatda kattaligi, jahon sivilizatsiyasining buguni va ertasi uchun ahamiyati, shuningdek uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yoki kamaytirish uchun nihoyatda katta mablag‘ zarurligini tasdiqlaydi. Afsuski, mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning «ekologik budjetlari» hozircha katta emas, hal 625 qilinadigan muammolarning miqyosiga mos kelmaydi. Insoniyat tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga 1979-yilda – 40 mlrd., 1980-yilda – deyarli 75 mlrd., 1990-yilda – taxminan 150 mlrd., XXI asrning boshida esa 250 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ sarflagani haqidagi ma’lumotlar barchani o‘ylashga majbur etadi. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘z yalpi milliy mahsulotining 1,2 % ini sarflaydilar. Ayni vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarga zarur yordam ko‘rsatmaydilar. Har yili atrof-muhitga yetkaziladigan zararning bahosi ular YAMMining 4– 6 % ini tashkil qiladi. Kambag‘al va boy mamlakatlar turli xil imkoniyatlarga ega bo‘lgani bois, atrof-muhit holati uchun mas’uliyat ham turlicha bo‘lishi kerak (masalan, aholining 20 % istiqomat qiladigan va atmosferaga chiqariladigan chiqindilarning deyarli 70 % ini ishlab chiqaradigan va issiq xona effektini yuzaga keltiradigan Shimol mamlakatlari bunga ko‘proq mas’ul bo‘lishlari lozim). Boy mamlakatlar nafaqat o‘z harakatlarida eng mas’uliyatli bo‘lishlari, balki Janub davlatlariga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida texnologik va iqtisodiy jihatdan yordam berishlari kerak. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi boshqa bir muammo – gidroelektr stansiyalari qurish bo‘lib, ular, bir tomondan, elektr energiyasini eng toza usulda olishga imkon beradi, boshqa tomondan, katta maydonlarni suvga bostirib va baliqlarning harakatlanishi uchun to‘siqlar yaratib, daryolar havzalarida ekologik vaziyatni o‘zgartiradi va hokazo. Ayrim korporatsiyalar va davlatlarning iqtisodiy manfaatlari tabiatni asrash manfaatlarini himoya qiluvchi ekologik harakatlar, shuningdek huquqni muhofaza qilish tashkilotlari manfaatlariga zid keladi. Eng yirik ekologik falokatlar lokal (cheklangan) to‘qnashuvlar yuz berganida ham kelib chiqishi mumkin. 1991-yilda hamda XXI asrda Fors ko‘rfazidagi urushlar tufayli neft konlarining yoqib yuborilishi sayyoramiz ekologiyasi uchun ulkan xavf keltirib chiqargani ma’lum. Bu yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek yer yuzini neft chiqindilaridan tozalash uchun ko‘plab mamlakatlarning harakati zarur bo‘ldi. Sayyoramizdagi «resurslar chegaralari» bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishdan «chiqindilarning chegarasi» haqidagi masalalarga o‘tish kuzatilmoqda. Ekologik muammo davlatlar, shuningdek hukumat- lararo va nohukumat tashkilotlari, transmilliy korporatsiyalar, havo havzasi, suv muhiti, yer yuzasi va konlarini muhofaza qilish sohasida ishlovchi ekspertlarning birgalikda ishlashini talab qiladi. 626 Fan-texnika taraqqiyoti ochib berayotgan imkoniyatlarga qaramay, Yer aholisi hamda insoniyat resurslaridan foydalanish muammosi jahon iqtisodiyotidagi eng muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Insoniyat soni jihatidan 1 mlrd.li chegaraga XIX asrning birinchi choragida, 2 mlrd.ga esa XX asrning o‘rtasida yetib keldi, shundan so‘ng har 11 yilda 1 mlrd. nafarga ortib bormoqda. Hozirgi paytda sayyoramiz aholisi 7 mlrd.ga yetgan. BMT keyingi 50 yil ichida u 9 300 mlrd.ga yetishi haqidagi ma’lumotni keltirgan. Buning aksi, ya’ni uch yovuz kuch: terrorizm, ekstremizm va separatizm, shuningdek mutaxassislarning tadqiqotiga ko‘ra, urushlar, tabiiy ofatlar, oziq-ovqat yetishmasligi, shahar va qishloqlarning suv ostida qolib ketishi (masalan, Indoneziyadagi bundan besh yil avval sunami oqibatida qariyb 400 ming nafar insonlar qurbon bo‘lgan) natijasida yer yuzi aholisi 2050–2060-yillarga kelib, 5 mlrd. nafarga tushib qolishi ehtimoli ham mavjud ekan. Dunyodagi eng kambag‘al 48 ta mamlakat va Afrikada SPID epidemiyasi tufayli aholi ko‘payishi sekinlashayotganiga qaramay, 2050- yilga borib uch baravar ko‘payadi. 1950–1955-yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga aholi yillik o‘sishining 79 % to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1990– 1995-yillarda bu ko‘rsatkich 95 % ga yetdi. Taxminlarga qaraganda, 2050-yilga borib aholining butun o‘sishi «Janub mamlakatlari» evaziga yuz beradi, bu hol «Shimoliy va Janubiy yarimsharlar o‘rtasidagi demografik uzilish (farq)» nomini oldi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga tug‘ilishning yuqori darajasi, ko‘p bolali onalar va bolalar o‘limi darajasining ham yuqoriligi Tug‘ilish darajasining yuqoriligi kambag‘allikni yanada ko‘paytiradi xosdir. Biroq aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAMM ko‘payganida, tug‘ilish darajasi bolalar o‘limi darajasidan ortadi, keyinchalik esa tug‘ilish dara- jasi pasayadi va ko‘tarilish yuz bermaydi. Rivojlanayotgan davlatlarda aholining yosharib borishi bu yerda yosh, mehnatga qobiliyatli ish kuchining eng ko‘p qismi jamlanishiga olib keladi va uning ish bilan band bo‘lishini ta’minlash keskin ijtimoiy muammoga aylanadi. BMTning taxminlariga ko‘ra, 2050-yilga borib rivojlangan mamla- katlarda (AQSh bundan mustasno) aholi soni kamayib boradi. Bu vaqtga kelib sayyoramiz aholisi qariydi, chunki inson umri davomiyligi ortadi. 60 yoshlilar hozirgiga qaraganda uch baravar, 80 yoshdan oshganlar besh baravar ko‘payadi (masalan, hozirgi kunda 100 yoshdan oshgan aholi Yaponiyada 1 milliondan ortiq). Nafaqa yoshidagi odamlarni ta’minlashdan iborat iqtisodiy muammo kuchayib bormoqda. Ularni hal qilish uchun turli variantlar, jumladan 627 pensiyaga chiqish yoshini oshirish Yevropa mamlakatlarida kuzatil- moqda. Hozirgi dunyoda qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishi ko‘payib borayotganligi kuzatilmoqda. 2030-yilga kelib, shaharliklar soni XXI asrning boshidagiga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. 10 mln.dan ortiq aholiga ega bo‘lgan shaharlar ko‘payib bormoqda, bu esa ta’minot va munitsipal boshqaruv muammosini keltirib chiqarmoqda. Dunyoning aksariyat mamlakatlari samarali natijalarga olib kelayotgan faol demografik (tug‘ilishni cheklash va boshqalarga oid) siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirmoqdalar. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti (FAO) ma’lu- motlariga qaraganda, Yer yuzidagi ochlar soni taxminan 500 mln. nafar. Dunyoda ochlikning turli shakl va bosqichlaridan 1 mlrd.dan ortiq kishilar jabr tortmoqdalar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda an’anaviy ratsionlar yetarli miqdor- dagi kaloriyalarni ta’minlashi mumkin, biroq ularda zarur miqdorda oqsil, yog‘ va mikroelementlar mavjud emas. Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga jalb etilganligi, ularning tropik va texnik mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashganligi ko‘pincha ularning oziq-ovqat bilan ta’minlanish darajasini pasaytiradi. Oziq-ovqat mustaqilligining yo‘qligi bunday mamlakatlarni tropik o‘simliklar yetkazib berish kvotalarini belgilovchi rivojlangan mamlakatlarning eksporti va savdo borasidagi siyosatiga tobe qilib qo‘yadi. Oziq-ovqat muammosining global miqyoslari uni hal etishning butun sayyoramizdagi ishlab chiqarish resurslarini oqilona taqsimlash bilan bog‘lamoqda. XX asrning ikkinchi yarmida jahon ziroatchiligida qishloq xo‘jaligini mashinalar tizimiga o‘tkazish, hosildor, gibrit urug‘lardan foydalanish, agrosanoat integratsiyasini keng rivojlantirish va agrosanoat komplek- sining shakllanishi, biotexnologik inqilob kabi sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning normal turmush uchun zarur oziq-ovqat bilan ta’minlashdagi yutuqlaridan kompleks foydalanish oziq- ovqat muammosini hal qilish imkoniyatini ochmoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling