Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Globallashuvning mohiyati va oqibatlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2. Globallashuvning mohiyati va oqibatlari
2.1. Global muammolarning mohiyati, roli va iqtisodiy jihatlari Jamiyat rivojlanishining barchaga va har kimga, butun jahon hamjamiyatiga taalluqli, olamshumul xususiyatga ega muammolari global muammolar deb ataladi. Ushbu muammolarning sayyoramiz miqyosida yoyilishi va keyinchalik keskinlashib borayotgani ularning global, 623 davlatlararo darajada hal qilish yo‘llarini izlashni talab qilmoqda, chunki ayrim mamlakatlar, hatto, ayrim davlatlar guruhi buning uchun zarur bo‘lgan ulkan kuch va vositalarga ega emas. Global muammolarning qanday turi bo‘lmasin ularni butun jahon hamjamiyatining turli resurslari (moddiy, moliyaviy, mehnat, texnologik, ma’naviy, intellektual, axborot resurslari)ni birlashtirishsiz hal qilib bo‘lmasligiga olib keladigan jiddiy iqtisodiy jihatlar mavjud. Global muammolarning tarkibi, roli va o‘rni jamiyat rivojlanishining ayrim bosqichlarida o‘zgarib turadi. Tabiiy omillar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab global muammolar – tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin, to‘fon, bo‘ron va h.k.), quyosh va oy tutilishlari, meteorit yomg‘irlari, magnit bo‘ronlari juda qadimdan mavjud. Hozirgi global muammolar ko‘p jihatdan insoniyatning avvalgi butun faoliyati, umuman jamiyat rivojlanishining natijasidir. Global muammolarning insoniyat hayoti va faoliyatining barcha tomonlariga salbiy ta’sirlari kuchayib borayotgani, ularni hozirgi bosqichda va kelajakda hal qilish borasidagi qiyinchiliklar fan-texnika taraqqiyoti asosidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarining kattaligi bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda qirqqa yaqin global muammolar mavjud bo‘lib, ular ichida asosiylarini ekologik, demografik, oziq-ovqat, qurolsizlanish, yadro qurolini tarqatmaslik va yadro urushining oldini olish, xalqaro xavfsizlik tashkil qiladi. Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti shakllanishining alohida bog‘lovchi omili – barchaga taalluqli bo‘lgan hamda ko‘plab yoki barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarning jami mablag‘larini jalb etish va davlatlararo iqtisodiy hamkorlik orqali hal qilinadigan insoniyatning global muammolaridir. Global muammolarning o‘ziga xos jihatini ularning universal xususiyati tashkil qiladi, chunki ular hozirgi zamon sivilizatsiyasining natijasidir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling