Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Jahon taraqqiyoti nazariyalarining konseptual asoslari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1.3. Jahon taraqqiyoti nazariyalarining konseptual asoslari 
Jahon taraqqiyotining eng mashhur nazariyalari iqtisodiy, sotsiologik, 
shuningdek yagona sivilizatsiya va sivilizatsiyalar to‘qnashuviga oid 
sotsiomadaniy nazariyalardir. 
Rivojlanish bosqichlarining nazariyalari quyidagilardan iborat: 
Iqtisodiy o‘sish bosqichlari nazariyasi. U. Rostou (AQSh) 1960-
yilda «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari: nokommunistik manifest» kitobida 
o‘sishning beshta asosiy bosqichini tavsiflagan: 
1) an’anaviy jamiyat; 
2) ko‘tarilish uchun shart-sharoitlar yaratish davri; 
3) iqtisodiy ko‘tarilish; 
4) yetuklik sari harakat
5) yuksak ommaviy iste’mol asri. 
Birinchi bosqich – feodal munosabatlar.
Ikkinchi bosqich – ko‘tarilishga o‘tish (qishloq xo‘jaligi, tashqi 
savdo, transportdagi yaxshilanishlar). Uchinchi bosqich – sanoat 
inqilobi.Iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun milliy daromadda 
investitsiyalarning ulushini (10 % dan ortiq) oshirish, sanoatni rivojlan-
tirish zarur. To‘rtinchi bosqich – industrial jamiyat. Beshinchi bosqich – 
tovar va xizmatlarni ommaviy iste’mol qilish. 


 619
Iqtisodchi olim U. Rostou keyinchalik oltinchi bosqich – hayot 
sifatini izlash bosqichini qo‘shdi. Ushbu nazariyada postindustrial davr 
tadqiq qilinmaydi va sanoat inqilobi bosqichi mutlaqlashtiriladi. 
Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyalari.
Fransuz sotsiologi R. Aron industrial jamiyatda mulkning yetakchilik roli 
pasayishi, davlatning boylik va qashshoqlik qutblarini bartaraf etishdagi 
roli kuchayishini ta’kidlagan. O‘sib boruvchi korporativ daromadlar 
jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini, fan va ta’limni qondirish uchun 
yo‘naltiriladi, shu tariqa jamiyatning farovonligiga erishiladi. 
J. Gelbreyt (AQSh) 1967-yilda «Yangi industrial jamiyat» kitobida 
kapitalistik jamiyatni rejali, bozor tizimining mazmuni deb tasvirlagan. 
Rejali tizim (yirik korporatsiyalar) jamiyat manfaatlariga bee’tiborligi 
uchun qoralanadi. Bozor tizimi (mayda firmalar, xizmat ko‘rsatish sohasi) 
haqiqiy iqtisodiy-madaniy, ijtimoiy qadriyatlarga ega. Uning fikricha, 
davlat kichik biznesni, bozor tizimini rivojlantirishi lozim. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling