Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Hozirgi jahon xo‘jaligining mohiyati va xususiyatlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Hozirgi jahon xo‘jaligining mohiyati va xususiyatlari. Hozirgi
zamon jahon xo‘jaligining xususiyati – xalqaro iqtisodiy subyektlar sifatining yangi tashqi iqtisodiy strategiyalari hisoblanadi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi global xususiyatga ega bo‘lib, kichik yoki katta mamlakatlar iqtisodiyotlari majmuidan iborat. Ularning barchasi uzilmas rishtalar bilan bog‘langan va bir-birini to‘ldirib turadi. Jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvning eng istiqbolli va maqbul bo‘lgan yo‘nalishini belgilash zarurati ham mavjud. Hozir ochiq milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi bilan bog‘lanishi tovarlar, ish kuchi va kapitalning erkin harakati orqali amalga oshiriladi. Bozor tizimiga o‘tishda iqtisodiy o‘sishning tashqi manbalari ichki manbalari bilan bir qatorda turgani uchun yosh mamlakatlar muqarrar ravishda baynalminal- lashuv jarayoniga kirib borishlari kerak bo‘ladi. Ochiq iqtisodiyotning ziddiyligi shundaki, bu milliy iqtisodiyotni tashqi dunyo uchun ochishni va tashqi omillarning salbiy ta’siridan uni himoya qilishni bildiradi. Binobarin, iqtisodiyotning «ochiqligi», bir tomondan, boshqalarga bog‘liqlikni va o‘zgalar ta’siriga berilishni bildiradi. Ayni paytda milliy xo‘jaliklar o‘zaro qo‘shilib ketgan sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammosini keltirib chiqaradi. Jahon xo‘jaligi – bu global iqtisodiy organizmdir. Hozirgi jahon xo‘jaligiga ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning turli-tuman tizimining yaratilishi xosdir. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligiga dunyo mamlakatlarining o‘zaro manfaatdorligi va uzluksiz iqtisodiy hamkorlik xarakterlidir. Shu bois dunyo mamlakatlari o‘z aloqalarida global infratuzilmaga tayanadilar. 616 Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi aloqalari quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi: – xalqaro savdo; – ishlab chiqarish kooperatsiyasi; – axborot ta’minoti; – ish kuchi migratsiyasi; – xalqaro kredit; – chet el investitsiyasi; – davlatlarning o‘zaro valuta munosabatlari albatta global infratuzilmani taqozo etadi. Bular xalqaro transport tizimi, xalqaro axborot kommunikatsiyasidan iborat. Hozirgi global iqtisodiyotga dinamizm xos bo‘lib, doim o‘zgarib turadi. Bularga muntazam ravishdagi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, innovatsiyalar (yangiliklar), o‘zaro bog‘liq milliy iqtisodiyotlarning o‘sishi, dunyoning 20 foizga yaqin mamlakatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda tub islohotlar o‘tkazilayotgani kiradi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling