Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ikkilamchi iqtisodiyot – kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf 
beradigan, lekin rasman ruxsat berilmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 
iqtisodiy faoliyat. Ular yashirin tadbirkorlik hisoblanadi. Rasman ruxsat etilgan 
faoliyat bilan birga, qo‘shimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qo‘l urish, 
ochiq ishlaydigan korxonalarda qo‘shimcha ravishda hisobga kirmagan 
mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish. 
Mansabni suiiste’mol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy 
xatti-harakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi yashirin poraxo‘rlik, 
yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib, subsidiyalar olishni kiritish mumkin. 
Qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat. Bu iqtisodiyot davlat sektoriga 
xos bo‘lib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat 
sektoridagi qo‘shib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va 
boshqalar. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Jahon mamlakatlari iqtisodiy xavfsizligi davlat strategiyasi tajribasidan 
kelib chiqib, amaldagi qonunlar iqtisodiyot ahvolining O‘zbekiston iqtisodiy 
xavfsizligi talablariga javob beradigan mezonlari orasida quyidagilarni 
keltirish mumkin: jamiyat hamda xo‘jalik va moliya faoliyatining barcha 
sohalari jinoiylashuviga yo‘l qo‘ymaydigan iqtisodiy va huquqiy shart-
sharoitlarning yaratilishi, jinoiy tuzilmalarning ishlab chiqarish va moliya 
institutlarini egallab olishiga, hokimiyatning turli institutlariga kirib borishiga 
yo‘l qo‘ymaslik kabilar va hokazo. 
Mamlakatimiz milliy boyligi davlat budjetining daromadlarini taqsimlash 
va qayta taqsimlashda ishtirok etish iqtisodiy agentlarga har qanday xo‘jalik 


 612
faoliyatiga qaraganda, ancha ko‘p foyda kelishini ta’minlaydi. Bunday faoliyat 
«xufiyona» iqtisodiyot nomini oldi.
2. Adabiyotlarda «xufiyona iqtisodiyot» kategoriyasini ta’riflashga 
quyidagi yondashuvlarning ayrimlarini keltiramiz: 
– «xufiyona» iqtisodiyot faoliyatning taqiqlangan turlari sifatida 
baholanadi; 
– «xufiyona» iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning aytilmagan va yashirilgan 
turlari sifatida ta’riflanadi; 
– «xufiyona» iqtisodiyot u yoki bu sabablarga ko‘ra, rasmiy statistikada 
inobatga olinmaydigan, yalpi ichki mahsulotga kiritilmaydigan, soliqqa 
tortishdan «tushib» qoladigan har qanday iqtisodiy faoliyat sifatida talqin 
etiladi; 
– «xufiyona» iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ayrim individ-
lar, ularning guruhlari, institutsional subyektlar o‘rtasida moddiy ne’matlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish 
borasida yuzaga keladigan hamda natijalari u yoki bu sabablarga ko‘ra, rasmiy 
statistikada inobatga olinmaydigan va soliqqa tortilmaydigan munosabatlar 
majmuidir.
3. Xufiyona iqtisodiyot – ishtirokchilari tomonidan oshkora olib 
borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliq 
to‘lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy 
faoliyat turlari. Xufiyona iqtisodiyot oshkora payqab bo‘lmaydigan tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol jarayonlari – iqtisodiy 
munosabatlar bo‘lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi 
manfaatlari yotadi. Xufiyona iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma 
mamlakatlarida mavjud. 
4. Xufiyona iqtisodiyotdagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan 
qat’iyan taqiqlanadi, unga qarshi hamma choralar bilan kurash olib boriladi, 
ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy bo‘lsa-da, kishilarning talab-
ehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan rag‘batlan-
tiriladi, masalan, soliqlar yengillashtiriladi. 
5. Xufiyona iqtisodiyot miqyosi yashirin iqtisodiy aylanmani, ya’ni ruxsat 
etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi, 
uning aniq hisob-kitobi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga uni taxminan baholash usuli 
qo‘llaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan asrning oxirlarida Yer 
yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi 
mahsulotining 27,5 foiziga teng bo‘lgan, biroq xufiyona iqtisodiyot miqyosi 
turli mamlakatlarda farqlanadi. Xufiyona iqtisodiyot eng rivojlangan 
hududlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi.


 613
6. «Xufiyona» iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro 
xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», 
terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi 
kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga 
e’tibor qaratish lozim, Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari 
kiradi: Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000-yil 15-noyabr 
konvensiyasi; Korrupsiyaga qarshi 2003-yil 31-oktabr konvensiyasi; 
Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999-yil 9-dekabr 
xalqaro konvensiyasi. 
Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi: 
Yevropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik 
to‘g‘risidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar); 
Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Yevropa Ittifoqining 
pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining 
Yakuniy deklaratsiyasi, 2002-yil 8-fevral) miqyosi, korrupsiya, soliqdan 
bo‘yin tovlash, uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti, iqtisodiyotning 
jinoiylashuvi, narkobiznes, terrorizm iqtisodiyoti, jinoyatchilikka qarshi 
kurashni iqtisodiy jihatdan maqbullashtirishning umumiy prinsiplari. 


 614

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling