Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Jahon iqtisodiyotining tuzilishi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1.2. Jahon iqtisodiyotining tuzilishi 
Jahon xo‘jaligining iqtisodiy tuzilishi – tarmoqlar, mintaqalar
korxonalar o‘rtasidagi nisbat, shuningdek yalpi mahsulotning ishlab 
chiqarilishi va iste’molidagi mutanosibliklar.
Jahon iqtisodiyotining tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: tarmoq, 
takror ishlab chiqarish, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar (kichik 
tuzilmalar). 
Tarmoq tuzilishi – bu iqtisodiy tarmoqlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat. 
Tarmoq – bir xil mahsulot beruvchi korxonalar guruhi. Tarmoq-
larning quyidagi guruhlari ajratiladi: qishloq xo‘jaligi; kon sanoati; qayta 
ishlash sanoati; iqtisodiy infratuzilma; xizmatlar ko‘rsatish. 
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish ustunlik 
qiladi (xizmatlarning ulushi AQSh iqtisodiyotida – 80 %, Kanadada – 
70 %, RFR, Fransiya, Italiyada – 60 % atrofida). AQShda xizmat 
ko‘rsatish sohasida aholining 3/4 qismi, oliy malakali kadrlarning esa 
87 % band. 
Dunyoda fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalarning (robototex-
nika, EHM va elektroenergiya ishlab chiqarish) hissasi o‘sib bormoqda. 
Ular rivojlangan mamlakatlar mashinasozlik korxonalari ishlab chiqarish 
quvvatining 45 % ni tashkil qiladi. 


 617
Takror ishlab chiqarish tuzilmasi bu ishlab chiqarilgan yalpi 
ichki mahsulot (YAIM)dan foydalanishning har xil turlari o‘rtasidagi 
nisbat. Takror ishlab chiqarish tuzilmasida iste’mol, jamg‘arish va eksport 
ajratiladi. 
Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish sikllarining doimiy 
ravishda uzluksiz takrorlanishi. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish sikllarining 
doimiy yangilanib, modernizatsiyalashib boruvchi ko‘rsatkichlar bilan 
uzluksiz takrorlanishi. 
Noqulay omillar ta’siridagi ishlab chiqarish toraytirilgan, ya’ni ishlab 
chiqarish hajmi pasayib boruvchi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bo‘lishi 
mumkin. 
Funksional vazifasiga ko‘ra, jahon iqtisodiyotining tuzilishi tinch va 
harbiy ishlab chiqarishga bo‘linadi. Harbiy ishlab chiqarish YAMMning 
1–2 % ni tashkil qilsa, ma’qul hisoblanadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling