Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Hududiy tuzilma – ishlab chiqarishning qaysi tarmoq va turlari
ushbu hududda jamlanganini ko‘rsatadi. Hududiy tuzilma xomashyo, ish kuchi kabi manbalarning mavjudligi va joylashuvi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma ijtimoiy-iqtisodiy uklad va aholi hayotining sifatini aks ettiradi. Mamlakatda hayot sifatining umumlash- gan jahon ko‘rsatkichi inson salohiyatining rivojlanish indeksi (ISRI) hisoblanadi. U uni tashkil etuvchi uchta indeksning o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichiga teng: kutilayotgan hayot davomiyligi indeksi, aholining ta’lim sohasiga qamrab olinganligi indeksi, turmush darajasi indeksi. Rivojlangan mamlakatlarda ISRI 0,1 ga intiladi, qoloq mamlakatlarda esa ISRI 2 ga yaqin. BMT ma’lumotlariga qaraganda, 1990-yildan 2002- yilgacha ISRI atigi 20 ta mamlakatda (Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Rossiya, Zambiya va boshqa mamlakatlarda) pasaygan. Jahon iqtisodiyotida rivojlangan industrial mamlakatlar guruhi ajratiladi (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi 30 dan ortiq davlatlar). Ular orasida YAMM hajmi eng katta bo‘lgan (dunyo YAMMning 50 %) «sakkizlik»ni AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Rossiya tashkil qiladi. Jahon YAMMning 28 % rivojlangan mamlakatlar (130 dan ortiq davlatlar)ga to‘g‘ri keladi. O‘tish davri iqtisodiyoti kechayotgan mamlakatlar (28 ta davlat) dunyo YAMMning taxminan 17–18 % ni ishlab chiqaradilar. Milliy xo‘jaliklar va jahon iqtisodiyotining makroiqtisodiy aloqalari iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobga olishning xalqaro miqyosda tan 618 olingan qoidalari majmui bo‘lgan milliy hisob tizimida (MHTda) aks etadi. Iqtisodiy faoliyat sektorlarini quyidagilar tashkil qiladi: – real sektor (xususiy, moliyalashtirilmaydigan); budjet (davlat) sektori; – pul sektori (markaziy va tijorat banklarining pul oqimlari); – tashqi sektor (to‘lov balansida o‘z ifodasini topadigan barcha sektorlarning tashqi operatsiyalari. MHTdan joriy iqtisodiy tahlilni amalga oshirish va iqtisodiy siyosatda strategik qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar bo‘yicha kam daromadli (1000 dollargacha), o‘rta daromadli (7000–10000 dollar) va yuqori daromadli (10000 dollardan ortiq) mamlakatlar ajratiladi. YAMMda eksportning ulushi bilan o‘lchanadigan jahon bozoriga ochiqlik darajasi bo‘yicha nisbatan yopiq (YAMMdagi eksportning ulushi 10 % dan kam) va nisbatan ochiq (YAMMdagi eksportning ulushi 35 % dan ko‘p) iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlar ajratiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling