Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari – bu iqtisodiy 
rivojlanishda yetakchi o‘rin tutuvchi iqtisodiy subyektlar: tadbirkorlik, 
kichik biznes, fermerlik harakati. 
Iqtisodiy rivojlanish sharoitlari – iqtisodiy taraqqiyotning borishini 
ta’minlovchi alohida aniq holatlar. Zarur sharoitlarning yaratilishi 
iqtisodiyotning boshqarilishini, iqtisodiy vaziyatning tahlil qilinishi va 
bashorat qilinishi, samarali menejmentni ta’minlaydi. 
Jahon iqtisodiyoti notekis rivojlanadi. Jahon iqtisodiyotining notekis 
rivojlanishi uning siklik xususiyatida namoyon bo‘ladi (qisqa muddatli 
sikl 2 yil, o‘rta muddatlisi 5–7 yil, uzoq muddatli sikl 40–60 yil). 
Sekinlashish (pasayish to‘lqini) va tezlashish (yuksalish to‘lqini) davrlari 
ketma-ket almashinib keladi va bir qator omillarning dinamikasi (fan-
texnika taraqqiyoti va boshqalar) bilan bog‘liqdir. Katta sikllarning 
yuksalish to‘lqinlari quyidagilardan iborat: 
birinchi (XVIII asr o‘rtalari) – to‘qimachilik sanoati va metallurgiya-
ning rivojlanishi bilan bog‘liq; 
ikkinchi (XIX asr o‘rtalari) – dengiz va temir yo‘l transportining 
rivojlanishi bilan bog‘liq; 
uchinchi (XX asrning boshi) – elektrotexnika, radio, aloqa 
sohalaridagi ixtirolar bilan bog‘liq; 
to‘rtinchi (Ikkinchi jahon urushidan keyin) – sintetik materiallar
plastmassalarning ixtiro qilinishi, elektronika, yangi texnologiyalarning 
rivojlanishi bilan bog‘liq. 
Shuningdek, ko‘lami va keltirilgan salbiy oqibatlari jihatidan 1929–
1933-yillardagi buyuk depressiyadan keyingi o‘rinda deb baholanayotgan 
va «bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008-yilda boshlangan 
jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi» AQSh ipoteka kreditlari bozoridagi 
tanglikdan boshlanib, butun moliyaviy sektori, so‘ngra tez sur’atlarda 
iqtisodiyotning real sektorini ham qamrab oldi. 
Iqtisodiy siklning quyidagi jarayonlari ajraladi: 
1) 
inqiroz (ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi, ishsizlikning 
ko‘payishi va hokazo); 
2) jonlanish (inqirozdan oldingi iqtisodiy holatning tiklanishi); 


 622
3) yuksalish (asosiy kapitalning yangilanishi, inflatsiyaning kamayi-
shi va hokazo); 
4) regressiya (iqtisodiy yuksalish fonida inqiroz alomatlari yuzaga 
keladi); 
5) 
depressiya (ishlab chiqarishning turg‘unligi, narxlarning past 
darajasi, eskirgan asosiy kapitalning chiqib ketishi). 
Iqtisodiy sikl – iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki 
omillarning o‘zaro ta’siri natijasi. 
1970–1990-yillarda jahon iqtisodiyotining o‘sishi deyarli dunyoning 
barcha mamlakatlarini qamrab olgan chuqur o‘rta muddatli siklik 
inqirozlar bilan uzilib turdi, holbuki ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojla-
nishi o‘ziga xos jihatlarga ega edi. O‘rtacha darajada rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari XXI asrning boshida atigi 
1–2 % ni tashkil qildi. Jahon iqtisodiyotining umumiy o‘sishi 1 % dan 
ortdi. Ammo uning o‘sish sur’atlari 2008-yilga kelib pasayishga yuz tutdi. 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tamoyillari quyidagilardan 
iborat: 
– globallashuv (iqtisodiyot subyektlarining global miqyosdagi o‘zaro 
aloqadorligining kuchayishi, bularning aholi hayotining huquqiy, ijtimoiy, 
demografik, diniy va boshqa tomonlariga ta’siri). Bu masalani keyingi 
paragraflarda atroflicha ko‘rib chiqamiz; 
– ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi (milliy xo‘jalik-
larning ishlab chiqarish va investitsiyalar sohasida jahon bozoriga 
bog‘liqligining kuchayishi); 
– transmilliylashuv (korxonalar va ular filiallarining xorijda joylash-
tirilishi, buning xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuviga imkon 
yaratishi); 
– integratsiya (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi va o‘zaro mosla-
shuvi); 
– jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling