Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


O‘zbekistonning 1990–2010-yillardagi tashqi savdo dinamikasi va


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

O‘zbekistonning 1990–2010-yillardagi tashqi savdo dinamikasi va 
tarkibi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti mustaqillik qo‘lga 
kiritilgunga qadar asosan sobiq Ittifoq respublikalarini xomashyo 
resurslari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan edi. Iste’mol mahsulotlarining 
asosiy qismini respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyatining mavjud-
ligiga qaramasdan, ular chetdan keltirilar edi. 
1990-yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 805,6 million 
dollarni, jumladan, eksport 442,7 million dollarni, import 362,9 million 
dollarni tashkil etgan. Ijobiy saldo esa 80 million dollar atrofida bo‘lgan 
edi.O‘tgan 1991–2011-yillarda tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o‘sdi, 
shu jumladan, eksport hajmi 29,5 barobar, import 24,2 barobar oshdi. Bu 
jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 barobar ortib, oltin-valuta 
zaxiralarining yuqori darajada o‘sishi va milliy valuta barqarorligini 
ta’minladi. 
Eksport va import tarkibi tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston chetga 
xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste’mol tovarlarini 
olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunga kelib, qo‘shilgan qiymati 
yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va texnik hamda 
texnologik modernizatsiya qilishga mo‘ljallangan yuqori texnologiyalar 
asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda. 
1-jadval 
O‘zbekistonning tashqi savdo tarkibi
O‘zbekistonning tashqi 
 savdo tarkibi 
1990-yil 2000-yil 
2010-yil 
Tashqi savdo aylanmasi, million 
dollar 
805,6 6212,1 
21842,2 
Eksport, million dollar 
442,7 3264,7 
13044,5 
Import, million dollar 
362,9 2947,4 
8799,7 
Saldo (+, –), million dollar 
79,8 
317,3 4244,8 
Eksport (foiz) 
100 
100 
100 
Paxta tolasi 
59,7 
27,5 
11,3 
Oziq-ovqat mahsulotlari 
3,9 
5,4 
9,7 


 648
Kimyoviy mahsulot va undan
tayyorlangan mahsulotlar 
2,3 2,9 
5,1 
Energiya va neft mahsulotlari 
17,1 
10,3 
24,8 
Qora va rangli metallar 
4,6 
6,6 
6,8 
Mashina va uskunalar 
1,7 
3,4 
5,5 
Xizmatlar 1,3 
13,7 
9,1 
boshqalar 9,4 
30,2 
27,7 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling