Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Valuta talabi tovar va xizmatlar uchun valuta tushumi bo‘lgan, uni
sotishga harakat qilayotgan eksportyorlardan, yuklar fraxti, sug‘urtasi, brokerlik va bank komissiyalari uchun to‘lov sifatida valutani olgan savdo kompaniyalari, sug‘urta jamiyatlari va banklardan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish tizimida valuta siyosati – xalqaro valuta va boshqa iqtisodiy munosabatlar sohasida joriy va strategik maqsadlarga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar majmui muhim o‘rin tutadi. Rasmiy dogma darajasiga ko‘tarilgan muayyan nazariya valuta siyosatining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Yuridik jihatdan valuta siyosati valuta qonun hujjatlari, ya’ni mamlakatda va undan tashqarida valuta qimmatliklari, shuningdek valuta muammolariga oid davlatlar o‘rtasidagi (ikki tomonlama va ko‘p tomonlama) valuta bitimlari bilan operatsiyalarning amalga oshirilishi tartibini belgilovchi huquqiy normalar majmui yordamida rasmiylashtiriladi. Oltin-valuta zaxiralarining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni. Mamla- katlarning hukumatlari va markaziy banklari ixtiyorida turuvchi yuqori likvidli moliyaviy aktivlar zaxira aktivlar (oltin-valuta zaxiralari) deb ataladi. Oltin-valuta zaxiralari milliy valuta kursini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy barqarorlik va mamlakat to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida zarurdir. Oltin-valuta zaxiralari tarkibiga monetar oltin, XVFdagi rezerv pozitsiya, SDR va valuta zaxiralari kiradi. Hozirda dunyoning aksariyat mamlakatlari oltin-valuta zaxiralari tarkibida valuta zaxiralari ustuvorlik qiladi va uning ulushi o‘rtacha 95 foizni tashkil etadi. Zaxira valutalarga Markaziy bankda korrespondent schotlarga va xorijiy banklarda depozitlarga joylashtirilgan xorijiy valutalardagi mablag‘lar hamda xorijiy emitentlarning qimmatbaho qog‘ozlariga inves- titsiyalangan mablag‘lar kiradi. Davlat oltin-valuta zaxiralari xalqaro moliya tashkilotlari zaxira aktivlari bilan birga jahon oltin-valuta zaxiralarini tashkil etadi. Davlatning oltin-valuta zaxiralari quyidagi ikki vazifani bajarish uchun xizmat qiladi: – mamlakatning tashqi to‘lov qobiliyatini ta’minlash; – milliy valuta kursining barqarorligini ta’minlash. Jahon xo‘jaligining barcha hududlaridagi iqtisodiy munosabatlarni qamrab olayotgan moliya bozorlarining globallashuvi sharoitida xalqaro 658 kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarning jadal sur’atlarda o‘sishi kuzatilmoqda. Natijada dunyo mamlakatlarida nodavlat sektorning tashqi qarzini to‘lash uchun zarur bo‘ladigan xorijiy valutaga bo‘lgan talabni qondirish Markaziy banklar valuta zaxiralarining muhim vazifasiga aylanib boryapti. Bu holat, avvalo, rezidentlari xorijiy valutada kredit va qarzlar olayotgan mamlakatlarga taalluqlidir. Jahon iqtisodiyotida zaxira valutalarni emissiya qiluvchi mamlakatlar – zaxira markazlari alohida o‘ringa ega. Ushbu mamlakatlar- ning milliy valutalari xalqaro pul, jumladan, xalqaro kredit va zaxira markazi vazifasini bajaradi, ularning markaziy banklari esa valuta bozorlaridagi operatsiyalarga tez-tez aralashib turishadi. Shuning uchun yetakchi rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklari va hukumatlari o‘z valutalari kursini barqaror ushlab turish uchun yirik valuta zaxiralariga ehtiyoj sezmaydi. Tahlillar ko‘rsatishicha, xalqaro valuta operatsiyalarining tarkibida AQSh dollari yuqori salmoqni egallaydi. Bu AQShning dunyoda eng yirik iqtisodiyotga ega bo‘lganligi bilan izohlanadi. Ikkinchi o‘rinda yevro turadi va bu holat Yevropa Ittifoqining katta iqtisodiy salohiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Funt sterling va iyenaning xalqaro zaxiralar tarkibida kichik salmoqqa ega ekanligi ushbu valutalarning xalqaro hisob- kitoblarda keng qo‘llanilmayotgani bilan izohlanadi. Misol uchun, 2010- yilda xalqaro valuta zaxiralarining 95,5 foizi AQSh dollari, yevro, yapon iyeni va funt sterlingda shakllantirilgan. Shuningdek, AQSh dollarining xalqaro valuta zaxiralari tarkibidagi salmog‘i 2010-yilda 2000-yilga nisbatan 9,5 foizga pasaygan. Ayni paytda yevro va funt sterlingning salmog‘i mazkur davrda mos ravishda 7,9 va 1,3 foizga oshgani holda, yapon iyenasining salmog‘i 1,2 foizga pasaygan 1 . Markaziy banklar tomonidan oltin-valuta zaxiralarni jamg‘arish jahon moliya bozorlarining rivojlanishida muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu aktivlarni jamg‘arish bir tekisda sodir bo‘lmayapti va Osiyo mamlakatlarida moliyaviy resurslarning konsentratsiyalashuvi darajasining o‘sishi bilan amalga oshmoqda. Osiyo mintaqasining 10 mamlakati hissasiga (Xitoy, Yaponiya, Tayvan, Hindiston, Koreya 1 Qarang: Ʉɨɧɞɪɚɬɨɜ Ⱦ. ɉɟɪɫɩɟɤɬɢɜɵ ɟɜɪɨ ɞɥɹ Ɋɨɫɫɢɢ: ɩɥɸɫɵ ɢ ɦɢɧɭɫɵ. //ɗɤɨɧɨɦɢɫɬ. – 2011. – ʋ 2. – ɋ. 61. 659 Respublikasi, Gonkong, Singapur, Tailand, Malayziya, Indoneziya) jahon oltin-valuta zaxiralarining uchdan ikki qismi to‘g‘ri keladi 1 . Tahlillar ko‘rsatishicha, Osiyo mintaqasi mamlakatlari oltin-valuta zaxiralarni faol jamg‘arishni 1997–1998-yillardagi moliyaviy inqirozdan keyin boshlashgan. Bu inqirozdan keyin tashqi iqtisodiy barqarorlik va inqiroz holatlarida mamlakatning to‘lov qobiliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan strategik moliyaviy rezervlarni shakllantirish siyosati olib borildi. Osiyo mamlakatlarida oltin-valuta zaxiralar hajmining o‘sib borishi bilan bog‘liq fundamental sabablarni tushuntirib berishda bu mamlakat- larning iqtisodiy salohiyati qanchalik yuqori bo‘lishiga qaramasdan, xorijiy kapital uchun yopiqligini e’tiborga olish muhim. XX asrning 90- yillaridan boshlab savdo operatsiyalari va moliyaviy aktivlar bilan operatsiyalar bo‘yicha cheklovlar bosqichma-bosqich bartaraf etildi. Ushbu chora-tadbirlar, bir tomondan, tovarlar va xizmatlar eksportining o‘sishiga, ikkinchi tomondan esa, rivojlangan mamlakatlardan to‘g‘ridan- to‘g‘ri va portfel investitsiyalarning faol kirib kelishini ta’minladi. Natijada oxirgi o‘n yillikda Osiyoning aksariyat mamlakatlarida to‘lov balansining barqaror profitsiti kuzatildi va ichki bozorlarda xorijiy valuta, avvalo AQSh dollarining taklifi oshdi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida ushbu mamlakatlarning markaziy banklari valuta intervensiyasini amalga oshirishga majbur bo‘lishdi. Bu esa mamlakat valuta zaxiralarining jadal sur’atlarda o‘sishiga olib keldi. Mamlakat oltin-valuta zaxiralari hajmining ortishida asosiy omil valuta zaxiralari hajmining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, XXI asrning birinchi o‘n yilligi mobaynida Xitoyning valuta zaxiralari hajmi 15 baravarga oshgan. Mamlakatlarning oltin-valuta zaxiralari bajaradigan vazifaga o‘xshash tarzda jahon oltin-valuta zaxiralari jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va jahon valuta tizimining barqarorligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Jahon valuta zaxiralari xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllariga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Bu zaxiralar xalqaro valuta likvidligining muhim omili hisoblanadi. 1 Qarang: Ɇɚɥɶɲɟɜ ɉ. Ɉɫɨɛɟɧɧɨɫɬɢ ɭɩɪɚɜɥɟɧɢɹ ɪɟɡɟɪɜɧɵɦɢ ɚɤɬɢɜɚɦɢ ɜ ɫɬɪɚɧɚɯ Ⱥɡɢɢ //Ɇɢɪɨɜɚɹ ɷɤɨɧɨɦɢɤɚ ɢ ɦɟɠɞɭɧɚɪɨɞɧɵɟ ɨɬɧɨɲɟɧɢɹ. – 2011. – ʋ 3. – ɋ. 29. 660 Xalqaro valuta likvidligi deganda, mamlakatning o‘z tashqi majburiyatlarini valuta cheklovlariga murojaat etmasdan, kreditorlar uchun maqbul to‘lov vositalarida to‘lay olish qobiliyati tushuniladi. Xalqaro valuta likvidligining holati quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: – jahon valuta zaxiralari hajmi; – tashqi to‘lov majburiyatlari hajmi. Jahon oltin-valuta zaxiralari hajmining yillik import qiymatiga nisbati xalqaro valuta likvidligi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Xalqaro valuta likvidlik ko‘rsatkichi XVF tomonidan barcha mamlakatlar joriy operatsiyalar bo‘yicha valuta cheklovlarini qo‘llayotgan va kamsonli mamlakatlar (AQSh va Shveysariya) milliy valutaning erkin konvertatsiyasiga ega vaqtda qabul qilingan. Mamlakatlarning xalqaro likvidlik ko‘rsatkichi esa mos ravishda milliy oltin-valuta zaxiralari hajmining mamlakat yillik importi qiymati nisbatiga tengdir. Misol uchun, Rossiyada xalqaro likvidlik ko‘rsatkichining minimal darajasi uch oylik import qiymatiga teng, deb qabul qilingan. Tahlillar rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari (131,2 foiz), Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida (118,9 foiz) xalqaro valuta likvidligi ko‘rsatkichi yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling