Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Xalqaro kreditning mohiyati va funksiyalari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Xalqaro kreditning mohiyati va funksiyalari.
Tashqi qarz masalalari 
Hozirgi zamon dunyo iqtisodiyoti jahon kredit bozorisiz rivojlana 
olmaydi.
Jahon kredit bozori – mamlakatlar o‘rtasida qarz (qarz ) kapitali 
qaytarilishi, foiz to‘lash, muddatlilik, ta’minlanganlik, shuningdek 
qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi va oldi-sotdisi (shartlari) asosida 
harakatlanadigan, talab va taklif shakllanadigan bozor munosabatlari 
sohasidir. 
Xalqaro kredit deganda, davlatlar, bir mamlakat banklari, firmalari
boshqa yuridik va jismoniy shaxslari (kreditorlari)ning boshqa mam-
lakatlarning hukumatlari, banklari, firmalari (qarz oluvchilari)ga 
beradigan ssuda kapitali tushuniladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi xalqaro kredit quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: 


 662
1. Qayta taqsimlash. Kredit turli tarmoqlar yoki mintaqalardagi 
foyda darajasiga mo‘ljal olib, iqtisodiyotning stixiyali makroregulatori 
vazifasini bajaradi va jadal rivojlanayotgan obyektlarning ehtiyojlari 
qondirilishini ta’minlaydi. Kredit tizimini davlat tomonidan tartibga 
solishning eng muhim vazifalaridan biri – iqtisodiy ustun yo‘nalishlarni 
oqilona aniqlash, jadal rivojlanishi milliy manfaatlar nuqtai nazaridan 
obyektiv ravishda zarur bo‘lgan tarmoqlar yoki mintaqalarga kredit 
resurslarining kirib kelishini rag‘batlantirish. 
2. Jahon puli sifatida oltinni veksellar, cheklar, bank o‘tkazmalari, 
depozit sertifikatlar, elektron pullar va mustahkam milliy valutalar bilan 
almashtirish orqali xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi muomala 
xarajatlarini qisqartirish. 
3. Kapitalning jamlanishi va markazlashuvini tezlashtirish:
xorijiy kapitalning jalb etilishi, transmilliy korporatsiyalar va transmilliy 
banklarning tashkil qilinishi, katta korxonalarga imtiyozli xalqaro 
kreditlar berilishi sababli qo‘shimcha foyda olinishi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling