662
1. Qayta taqsimlash. Kredit turli tarmoqlar yoki mintaqalardagi
foyda darajasiga mo‘ljal olib, iqtisodiyotning stixiyali makroregulatori
vazifasini bajaradi va jadal rivojlanayotgan obyektlarning
ehtiyojlari
qondirilishini ta’minlaydi. Kredit tizimini davlat tomonidan tartibga
solishning eng muhim vazifalaridan biri – iqtisodiy ustun yo‘nalishlarni
oqilona aniqlash, jadal rivojlanishi milliy manfaatlar nuqtai
nazaridan
obyektiv ravishda zarur bo‘lgan tarmoqlar yoki mintaqalarga kredit
resurslarining kirib kelishini rag‘batlantirish.
2. Jahon puli sifatida
oltinni veksellar, cheklar, bank o‘tkazmalari,
depozit sertifikatlar, elektron pullar va mustahkam milliy valutalar bilan
almashtirish orqali xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi muomala
xarajatlarini qisqartirish.
3. Kapitalning jamlanishi va markazlashuvini tezlashtirish:
xorijiy kapitalning jalb etilishi, transmilliy korporatsiyalar va transmilliy
banklarning tashkil qilinishi, katta korxonalarga imtiyozli xalqaro
kreditlar berilishi sababli qo‘shimcha foyda olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: